Ona tili darslarida chiroyli yozuvga o'rgatish Reja: Kirish Asosiy qism 1. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning fiziologik asoslari 2. Yozuv malakasini ongli o'zlashtirish . 3. Og'zaki va yozma nutq 4. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozuv malakalarini egallashlarida qo'llaniladigan ish usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati Kirish Jamiyatning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri buyuk vatanimizning kelajagini yaratuvchi yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Respublikamizda qabul qilingan «ta'lim to'g'risida»gi qonun, hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da yuksak ma'naviy axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishga alohida etibor qaratilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilishicha, ta'lim-tarbiya bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topishi, shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. O'quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun, birinchi navbatda diqqat, sezgi, idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etganligini ko'ramiz. Inson tashqi olamdagi predmet va hodisalarni idrok etadi, shuningdek, o'z tanasidagi organlarning harakatini va ularning holatini anglaydi. Idrok - tashqi olamdagi predmetlarning sezgi organlari orqali nerv sistemasiga ta'sir etishi va tana harakatlarining ta'siri tufayli hosil bo'ladi. Bola maktabga qadam qo'ymasdan oldinroq (3-4 yoshdan boshlab) qo'liga qalam olib turli shakllarni chiza boshlaydi, ammo bu chiziqlar chiroyli yozuv talablariga to'g'ri kelmasa-da, ulardagi ayrim malakalarning (ruchka, qalam ushlash) shakllanishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi bolalarning barmoq muskullari yaxshi rivojlanmaganligi uchun ularga surunkali yozdirib, mashq qildirish yozuvning sifatiga salbiy ta'sir etadi. Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari (ruchka, qalam, bo'r) orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurolidan foydalanishiga qarab qo'l harakatlari shunga moslashtiriladi. Chiroyli yozuvga o'rgatishda birinchi navbatda quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi: yozuv qurolidan to'g'ri foydalanish; parta ustida daftarni to'g'ri qo'yish; yozayotganda gavdani to'g'ri tutish va tirsaklarni to'g'ri harakat qildirish. o'z xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga o'rgatish; tovushni bosma harfga, bosma harflarni yozma shaklga aylantirishga o'rgatish; harflarning shaklini to'g'ri idrok etishga (qaerdan boshlash, qaerda tugatish, o'nga, chapga burilish, bog'lash va h. k) o'rgatish; harflarnip bir-biriga bog'lab yozishga o'rgatish (qaerda qo'l harakati uziladi, qaerda uzilmay bog'lab yoziladi); harflarni bir xil balandlikda va kenglikda tekis yozishga o'rgatish; daftar chizig'idagi qatorlarni to'g'ri to'ldirish, sarlavha, oy va kunlarni to'g'ri yozish; harflarning qiyaligini to'g'ri saqlash. Demak, boshlang'ich sinf o'quvchilarini chiroyli yozuvga o'rgatishdan oldin quyidagi malakalarni berish lozim. yozuv texnikasi, yani yozuvning turli usul va priyomlaridan foydalanish. harflarning shaklini to'g'ri ifodalash, yani grafik malakalarni egallash. yozuv vaqtida harflarning shakli bilan bir qatorda uning qanday tovush bildirilishini ham bilish, yani imloga oid malakalarni egallash. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan har bir malaka o'z oldiga malum bir qoidani maqsad qilib qo'yadi. Masalan, ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.94 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.94 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:00 ]
Arxiv ichida: doc