Ona tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Ona tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

O'quvchilarga / Matematika
Ona tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Ona tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1. Pedagogik texnologiya tushunchasi va unga turlicha yondashuvlar 2. Pedagogik texnologiya turlari 3.Ona tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodika 4. Charxpalak va Sinkveyn texnologiyalarini boshlang'ich sinf ona tili darslarida qo'llash II. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati Kirish Yosh avlodning insoniyat daholari bo'lgan buyuk ajdodlarimizga munosib bo'lish yo'lida tobora kuchayib borayotgan intilishni ham yangilanishning salmoqli yakuni sifatida alohida takidlab o'tmoq kerak. Davlat va jamiyatning yosh avlod jismoniy va ma'naviy jihatdan sog'lom bo'lishga etibori oshganligi islohotlarning sharofatidir. ta'lim tizimini yangilash, darsliklar va o'quv dasturlarini o'zaro uyg'unlik va bog'liqlikda ishlab chiqish, o'quv jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish usul va vositalarini ishlab chiqish pedagogika oldida turgan dolzarb muammolardandir. Bu masalalarni hal etishda asosiy omil o'qituvchining o'z kasbiga mas'uliyat va ijodkorlik bilan yondoshishi hisoblanadi. Ammo, shu kunga qadar pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag'ishlangan bo'lib, amaliyotga ta'siri kamroq sezilmoqda. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarni tezroq amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish talab etiladi. Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta'lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta'lim majmui hisoblanadi. Bunda ta'lim tizimining har bir bo'g'ini alohida o'rin va mas'uliyatga egadir. Dasturni to'liq amalga oshirish, qo'yilgan vazifalarga erishish ana shu bo'g'inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o'zaro uyg'unligiga bog'liqdir. ta'lim-tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari ulardan ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, yani texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta'lim-tarbiya sohasida ham so'nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta'lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan, va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o'z o'rniga ega bo'lgan keng ko'lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o'quvchi (ta'lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo'lib, ularga o'qituvchi, tarbiyachi tamonidan malum maqsadlarga erishish yo'lida har turli ta'sirlar o'tkaziladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o'rtalarida AQSHda paydo bo'lib, 1940-50 yillar o'rtasigacha ta'lim texnologiyasi deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o'qitishga nisbatan qo'llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta'lim nazarda tutilgan, 70- yillarda pedagogik texnologiya iborasi qo'llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o'quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.03 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.03 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga