Parallelizm tekisligi bor to'g'ri chiziqli yoyilmaydigan sirtlar reja: 1. Konoidlar 2. Kiyshiq tekislik yoki giperbolik paraboloid 3. Vint sirtlar 4. To'g'ri gelikoid yoki vintsimon konoid 5. Og'ma gelikoid Parallelizm tekisligi bor to'g'ri chiziqli sirtlarning hosil qiluvchisi quyidagi ko'rinishda bo'ladi: F(m,n,) [A] u sirtni epyurda tasvirlash uchun uning m va n yo'naltiruvchisining proyeksiyalari va parallellizm tekisligini vaziyati berilsa, kifoya qiladi. Mazkur sirtlarning yondosh yasovchilar uchratmas to'g'ri chiziqlardan iborat bo'lgani uchun, ularni tekislikda yoyib bo'lmaydi. Yasovchi a to'g'ri chiziqni yo'naltiruvchi bir tekislikda yotmagan m va n ravon egri chiziq bo'yicha, hamda berilgan biror tekislikka parallel vaziyati saqlanib, harakati natijasida silindroid sirt hosil bo'ladi. 104-shakl silindroid sirt yasovchilari gorizontal proyeksiyalovchi tekislikning gorizontal iziga parallel, demak ular, parallelizm tekisligini o'ziga xam parallel bo'ladi. Sirtga tegishli A(A1,A2) nuqtaning proyeksiyalarini yasash uchun, undan yasovchining proyeksiyalarini o'tkazish lozim. silindroid sirt ikki ravon (m va n) egri chiziqdan va () parallezim tekisligidan tuzilgan hosil qiluvchining geometrik qismi. Yasovchi to'g'ri chiziqning yunaltiruvchi egri chiziqlarni kesuvchi va parallezim tekisligiga parallellik ko'rsatmasini beruvchi hosil qiluvchining algoritmik qismi. Simvollar bilan ifodalaaymiz. F=(m,n,) [A] Konoidlar Yasovchi to'g'ri (a) chiziqni yo'naltiruvchi n egri chiziq va m to'g'ri chiziq bo'yicha va parallelizm tekisligigacha parallelikning saqlagan holda harakati natijasida konoid sirt hosil bo'ladi. Sirtdi yotuvchi xarqanday a (A1,A2) nuqtadan uning bitta (a) yasovchisi o'tadi. Simvol orqali ifodalaymiz: F=(m,n,n1) [A] 105- shaklda konoid sirt uchun gorizontal proyeksiyalar tekislik (P1) parallelizm tekisligi vazifasini o'taydi. To'g'ri konoid sirtning o'ynaltiruvchi to'g'ri (m) chizig'i parallelizm tekislgiga perpendikulyar bo'lib joylashadi. Yunaltiruvchi egri va to'g'ri chiziqlardan va parallelizm tekisligidan tuzilgan konoid sirtini hosil qiluvchisini geometrik qismi. Yasovchi to'g'ri chiziqning yo'naltiruvchi egri va to'g'ri chiziqlarni kesuvchi va parallelizm tekisligiga parallelik ko'rsatmasining beruvchi hosil qiluvchining algoritmik qismi. 104-shakl 105-shakl 106-shakl Kiyshik tekislik yoki giperbolik paraboloid Yasovchi to'g'ri (a) chiziqni yo'naltiruvchi ayqash ikki (m,n) to'g'ri chiziq bo'yicha hamda u parallelizm tekisligiga parallellikni saqlagan holda harakati natijasida qiyshiq tekislik yoki giperbolik paraboloid sirt hosil bo'ladi. 106-shakl frontal proyeksiyalar tekisligi (P2) parallelizm tekisligi vazifasini o'taydi. Sirtda yotgan istalgan A(A1,A2) nuqtadan uning bitta (a) yasovchisi o'tadi. Kiyshiq tekislik yo'naltiruvchi ikki ayqash to'g'ri chiziq va parallelizm tekislikdan tuzilgan hosil qiluvchining geometrik qismi. Ыiyshiq tekislikning yasovchi to'g'ri chizig'i chizig'i yo'naltiruvchi to'g'ri chiziqlarni kesib va parallelizm tekisligiga parallellik ko'rsatmasini beruvchi hosil qiluvchining algoritmik qismi. Simvol orqali ifodalaymiz: F=(m,n,P2) [A] Vint sirtlar Yasovchi (a) to'g'ri chiziqning (i) o'q atrofida aylanma va ilgarilanma harakati natijasida vint sirti hosil bo'ladi. Yasovchi to'g'ri chiziq aylanish o'qi bilan to'g'ri burchak orqali kesishdan vint sirt to'g'ri, agar og'ma ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:02 ]
Arxiv ichida: docx