Perspektivada soyalar

Perspektivada soyalar

O'quvchilarga / Matematika
Perspektivada soyalar - rasmi

Material tavsifi

Perspektivada soyalar Reja: Narsalar tekisligida joylashgan to'rtburchakning soyasini qurish. Geometrik shaklli binoni perspektivada soyalarini yasash. Deraza va eshiklardagi soyalar. Narsa shaklining aniq ko'rinishi uning yoritilish darajasiga bog'liq. Fazoda berilgan nuqta orqali o'tkazilgan yorug'lik nuri proyeksiya tekisliklari, biror og'ma tekislik yoki sirt bilan kesishib, nuqtadan soyani hosil qiladi. Quyidagi A nuqtaning perspektivadagi soyasini yasash ko'rsatilgan. Yoritish manbai sifatida S nuqta tanlab olinadi. SA nur va uning proyeksiyasi Sa o'tkaziladi. SAsa tekislik nur tekisligidir. Nur o'z proyeksiyasi bilan kesishib, berilgan nuqtadan narsalar tekisligiga tushgan soya Ac nuqtani hosil qiladi. Yuqorida aytilgan usuldan foydalanib, har qanday shalk yoki sirtning soyasini aniqlash mumkin. Buning uchun shakl yoki sirt tushuvchi soyasini belgilovchi nuqtalar topiladi va ketma-ket tutashtiriladi(147-shakl). Narsalar tekisligida joylashgan to'rtburchakning soyasini qurish. Bu shaklning soyasi yuqorida bayon etilgan usulda yasaladi.148-shakldan ko'rinib turibdiki, AB chiziq soyasi AcBc o'ziga parallel, demak bu chiziqlar ufq chizig'idagi F nuqtada uchrashadilar. 147-shakl 148 - rasm Jismlarning soyalari quyidagi tartibda yasaladi: 1. Jismning o'z soyasi aniqlanadi. 2. O'z soyasi konturidan tushgan soya, ya'ni jismdan tushgan soya yasaladi. Fazodagi yorug'lik manbaidan chiqqan nurlardan bir qismi narsa ustini yoritib to'xtab qoladi. Yorug'lik nurlarini narsa ustida to'xtab qolgan joyi narsaning yoritilgan qismi deyiladi. Jism sirtining yorug'lik nurlari tushmagan qorong'i joyi shu jismning o'z soyasi deyiladi. Yoritilgan narsalarning boshqa sirtlar ustiga tushayotgan soyasi jismdan tushgan soya deyiladi. Quyoshdan kelayotgan nurlar o'zaro parallel deb faraz qilinadi, chunki u yerdan juda uzoqda joylashgan, deyarli quyosh nurlari o'zaro parallel chiziqlar sifatida ko'rinadi. Shu sababli perspektivadagi soyalarning vaziyati quyoshning perspektivasi S va quyosh asosining perspektivasi Fs larning vaziyatiga bog'liq. Quyosh asosining perspektivasi Fs hamda vaqt ufq chizig'ida bo'ladi. Perspektivada S ni ixtiyoriy joyda olish mumkin, lekin binoning o'z soyasi va tushgan soyalari aniq, chiroyli, qulay chiqishi uchun Quyosh asosi Fs F2 dan o'ng tomonda olinadi. F2 Fs nuqtalar orasidagi masofa taxminan 100 mm, Fs-S masofa taxminan 110-120 mm atrofida tanlangani ma'qul. Geometrik shaklli binoni perspektivada soyalarini yasash. Binoning perspektivada soyalarni chizish uchun yoritish manbai S va uning ufq chizig'idagi asosi Fs tanlanadi(149-shal). Bu holda binoning soyasi o'ng tomonga tushadi. Mm Nn devorning soyasini chizish uchun MS nur va mFs nur asosi chiziqlari chiziladi, mFs chiziq, devorni nc dan vertikal chiqariladi. MS nur bu vertikal chiziqni kesib, M nuqtaning soyasi Mc ni hosil qiladi. McN chiziq MN qirraning soyasidir. MNnm devori o'z soyasida bo'lgani uchun ochroq rangda bo'yaladi. NMc nc mc soya - MNnm devorning tushuvchi soyasidir, shuning uchun bu soya devorning o'z soyasiga nisbatan to'qroq rangda bo'yaladi. Ikkinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 999.99 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 999.99 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga