Rezba va mahkamlash detallari Reja: Rezba Metrik rezba Truba rezbalar Bolt Mahkamlash detallari Gayka Shayba Shpilka Vint Fiting Shplint Rezba Rezba-tekis shaklni Silindrik yoki konus sirti boylab vintli (vint chizig'i bo'yicha) harakati natijasida hosil bo'lgan sirt. Rezbali birikma-rezba yordamida detallarni bir-biriga nisbatan harakatlanmasligini tarninlovchi detallar birikmasi. Silindrik sirtda chiqarilgan rezba silindrik rezba, konus sirtda chiqarilgan rezba konus rezba deb ataladi. Silindrik yoki konusning tashqi sirtida chiqarilgan rezba tashqi rezba deb ataladi. Tashqi rezbali detallarga bolt, vint va hoka'zolarni misol qilib ko rsatish mumkin. Ichki silindrik yoki konus sirtlarga chiqarilgan rezbalar ichki rezbalar deb aytiladi. Ichki rezba chiqarilgan detallarga gayka, mufta va hoka'zolarni misol qilib korsatish mumkin. Soat mili harakati bo'yicha yo'nalgan rezbalar o'ng rezba deb, soat mili harakatiga teskari yo'nalishdagi rezbalar chap rezba deb ataladi. Kirimlar soniga nisbatan rezbalar bir kirimli va kovp kirimliga bolinadi. Metrik rezba ESKD ning standartlari O'zbekiston Respublikasi meteriologiya va standartlashtirish davlat markazi tomonidan 1996 yilda tasdiqlangan va foydalanishga tavsiya etilgan. Jumladan, mashinasozlik va asbobsozlik buyumlari chizmalarini bajarish qoidalari GOST 2.401-96 GOST 2.426-97 larda belgilangan. Metrik rezba GOST 24705-96 bo^yicha bajariladi. Uning yasovchi profili teng tomonli uchburchak ko'rinishida bo'lgan vint sirtidan iborat. GOST 24705-96 da yirik qadamli metrik rezbaning asosiy o'lchamlari berilgan. 2.1-shaklda yirik qadamli metrik rezba profili va 2.1-jadvalda metrik rezbaning asosiy o'lchamlari berilgan. Rezbaning asosiy o'lchamlari (2.1-shakl): d-tashqi rezbaning tashqi diametri (bolt); D-ichki rezbaning tashqi diametri (gayka); d2-boltning o'rta diametric; D2-gaykaning o'rta diametric; D1-boltning ichki diametric; D1-gaykaning ichki diametric; P-rezba qadami; H-uchburchakning boshlang'ich balandligi; H1-tish profilining ichki balandligi. Yirik qadamli metrik rezbaning asosiy o lchamlari (mm) (GOST 24705-96) jadval Chapaqay rezbada uning o'lchamidan so'ng LH harflari yoziladi, masalan: M10 LH; M36xl,5 LH. Metrik rezba M harfi, katta diametrining qiymati, kirim soni va qavs ichida R harfi hamda qadamini olchamining son qiymati bilan ko'rsatiladi, masalan: l.M36x2(Rl,5)-bu quyidagicha o'qiladi: ikki kirimli, katta diametri 36 mm va qadami 1,5 mm bo'lgan metrik rezba; 2. M36x2(Rl,5) LH-ikki kirimli, katta diametri 36 mm va qadami 1,5 mm bo'lgan chapaqay rezba. Truba rezbalar GOST 6357-96 bo'yicha truba silindrik rezba, va truba silindrik rezbali birikmalar, shuningdek GOST 6211-96 bo'yicha truba konus rezba va truba konus rezbali birikmalar tayyorlanadi va ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ularning profili teng yonli uchburchak shaklida bo'lib, uchining burchagi 55°ga teng. 2.2-shakl da truba silindrik rezba profili va 2.2-jadvalda uning asosiy o'lchamlari berilgan. Truba silindrik rezbalar uchun ikkita aniqlik klassi belgilangan: A va B (GOST 6357-96). Truba silindrik rezba ozining shartli belgisi G harfi va rezbaning nominal diametri dyumlarda ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.14 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.14 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: doc