Rezbali detallar va ularning birikmalari Reja: Brikmalar to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Rezbalarni chizmalarda tasvirlash. Shpil'kali brikmalar. Brikmalar to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Har bir mashina, stanok va asbob uskunalar, turli inshoat qismlari, turli detallarni brikmalaridan tashkil topgan bo'lib, qandaydir ish bajaradilar. Lekin detallarning tuzulishlari va bajaradigan vazifalariga qarab brikmalar turlicha bo'ladi. Ishlab chiqarishda yoki inshoat qismlarida ikki detalni bir - biri bilan ajraladigah va ajralmaydigan qilib biriktirish mumkin. Ma'lumot uchun ajralmas birikmalarni ko'rib chiqamiz. Bunday birikmalar ajralish vaqtida, brikma detallari buziladi, yoki sinadi. Bu birikmalarga payvandlangan, kavsharlangan yoki parchinlangan detallar kiradi. Ajraluvchan birikmalar ajralish vaqtida, brikma qismlari buzulmaydi yoki sindirilmaydi. Bu brikmalar ikki hil bo'ladi: qo'zg'aluvchi va qo'zg'almaydigan brikmalar. Detallari bir - biriga nisbatan siljishi mumkin bo'lgan birikmalar-qo'zg'aluvchi brikma bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: shponkali birikmalar va shlistli birikma. Qo'zg'almaydigan lekin ajraladigan birikma detallarida rezbalar ishlatiladi va ularga quyidagilar kiradi: Boltli birikma. Shpilkali birikma. Vintli birikma. Fitinkali ( muftali ) birikma. Ishlab chiqarishda ko'pgina standart detallar qatori rezbali birikmalardan ham ko'p foydalaniladi. Shuning uchun rezbali birikmalarni chizmasini puxta o'rganish talab qilinadi. Rezbali brikmalar har -xil turdagi rezbalar yordamida bajariladi. Rezbani tayyorlash quyidagicha bajariladi: tokarlik dastgohining qistirmasiga silindrik o'q o'rnatilib, unga tekis aylanma harakat beriladi. So'ngra rezba o'yuvchi asbob(kesgich)ni yaqinlashtirib, o'qqa (materialga) o'yib kiritiladi. Agar kesgichga tekis ilgarilanma harakat berilsa, material sirtida rezba deb ataluvchi vint o'ramlari hosil bo'ladi. Rezbaning turlari. Rezbalarni tasvirlash va belgilash. Rezba ishlatilishiga qarab ikki hil bo'ladi: a) briktiruvchi, b) yurgizuvchi. Briktiruvchi rezbalarga profili uchburchak shaklida bo'lgan rezbalar kiradi. Boshqa profildagi rezbalar (masalan: to'g'ri burchak, trapetsiya shaklidagi) yurgizuvchi detallarda ishlatiladi. Rezbaning qadami: rezbaning ikki uchi orasidagi masofaga aytiladi. (P- masofa), ya'ni detal bir butun aylantirilganda, to'g'ri yo'nalgan masofaga aytiladi. Rezba yo'nalishi bo'yicha ikki xil bo'ladi: a) o'ng rezba; b) chap rezba. O'ng rezbauning ko'rinadigan qismi chapdan o'ng tomonga qarab ko'tariladi. Chap rezbauning ko'rinadigan qismi o'ngdan chapga qarab ko'tariladi. Rezba, bir va ko'p yo'llik bo'lib, aylana bo'yicha yo'li bir, ikki, uch yo'lli bo'lishi mumkin. Rezba detalning tashqi va ichki sirtida o'yilgan bo'lishi mumkin. Masalan: bolt, shpilka, vint, truba tashqi rezbali detallar, Gayka, mufta - ichki rezbali detallar. Rezba quyidagi turlarga bo'linadi: Metrik rezba: profili teng tomonli uchburchak ko'rinishida bo'lib, undagi burchagi 600 bo'ladi. 187- shakl. Metrik rezbalar o'zining mustahkamligi bilan boshqa rezbalardan farq qiladi, shuning uchun ular briktiruvchi detallarda (masalan, bolt, shpilka, vint, gaykalarda ishlatiladi). Metrik rezbalar yirik va mayda qadamli qilib tayyorlanadi. Mayda qadamli rezbaning yirik qadamli rezbadan farqi shundaki, bir xil diametrda uning qadami mayda va chuqurligi kam bo'ladi. Metrik ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
416.43 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
416.43 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: doc