Simmetriya turlari va singoniyalar Kristallar Simmetriyasi Simmetriya - (yunoncha «sim» - o'xshash, «metrios» - o'lchov, masofa, kattalik) - kristallning bir xil yuzlari, qirralari, cho'qqilarining ayrim yordamchi geometrik tasvirlarga (to'g'ri chiziq, tekislik, nuqta) nisbatan muntazam takrorlanishi. Yordamchi geometrik tasvirlar, ular yordamida kristall simmetriyasi ochiladi, ular simmetriya elementlari deb ataladi. Simmetriya elementlari:simmetriya o'qi-L simmetriya tekisligi-P simmetriya markazi-c Simmetriya o'qi Simmetriya o'qi- to'g'ri chiziq, uning atrofida 360 ° ga aylantirilganda, kristall bir necha marta asl holatiga to'g'ri keladi. Elementar burilish burchagi a - 60 °, 90 °, 120 °, 180 ° ga teng bo'lishi mumkin. Simmetriya o'qining tartibi 360 ° ga aylanganda kristallning asl holatiga moslashish soni. Kristalda ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi va oltinchi tartibli simmetriya o'qlari mumkin. Beshinchi va oltinchidan ortiq simmetriya o'qlari yo'q. Simmetriya o'qlarining tartibi L 6, L 4, L 3, L 2 deb belgilanadi. Simmetriya tekisligi Simmetriya tekisligi-P harfi bilan belgilanadi. Kristall shaklida simmetriya tekisligi borligini aniqlash uchun, shu shakl ustidan uni teng ikki qismga ajratadigan qandaydir tekislikni o'tkazish tasavvur etiladi. Simmetriya markazi Simmetriya markazi-C harfi bilan ifodalanadi. Simmetriya markazi- kristallning qarama-qarshi bir xil yuzlarini, qirralarini yoki cho'qqilarini bog'laydigan chiziqlar kesishadigan va ikkiga bo'linadigan kristall ichidagi nuqta. singoniyalar Simmetriya ko'rinishlarining o'xshashligiga qarab ajratilgan gruppalari - singoniyalarga ajratiladi. Singoniya-o'xshash burchakli ma'nosini bildiradi. Har qaysi singoniya o'ziga xos kristall shakllari va kristallarni tashkil etuvchi fazoviy panjara elementar yacheykasining qiyofasi bilan ham boshqa singoniya kristallaridan farq qiladi. Singoniyalar 7ta turga ajratiladi Triklin Monoklin Rombik Trigonal Tetragonal Geksagonal Kubik Kristall tabaqalari Mavjud 7ta singoniyalar simmetriklik darajasiga qarab 3ta tipga bo'linadi. Bular:Past-triklin,monoklin,rombik. O'rta-trigonal,tetragonal,geksagonal. Yuqori-kubik. Kristallografiyada 47ta oddiy shakllar mavjud .Ularing barchasi 32ta simmetriya turi asosida matematik uslublar bilan isbotlangan.shunga qarab 3ta tabaqaga ajratilgan. Yuqori tabaqa-kubik Yuqori tabaqaga kiruvchi singoniya.Bu singoniya kristallarining elementar yacheykasi kub shaklida bo'ladi.Bu tabaqaga kub singoniyasiga tegishli,bir nechtadan yuqori tartibli simmetriya o'qlari o'tqazish mumkin bo'lgan kub,oktaedr,rombododekaedr,tetraedr kabi shakllar kiradi. O'rta tabaqa O'rta tabaqa kristallarining har biridan bittadan yuqori tartibli simmetriya o'qi o'tqazish mumkin. Bu tabaqaga geksagonal,tetragonal,trigonal kabi singoniyalar kiradi. trigonal Bu singoniya kristallarida yagona yo'nalish 3 darajali simmetriya o'qlarining bir yo'nalish bilan mos keladi.Shu sababli kristallarining tashqi qiyofasi ham asosiy simmetriya o'qining darajasiga muvofiq soda shakllarining yonlari uchtadan bo'ladi. L3 o'qiga parallel joylashgan 3ta tomondan iborat bo'lib,ko'ndalang kesimi teng tomonli uchburchak ya'ni trigonal shaklida bo'ladi. Trigonal singoniya :trigonal piramida,romboedrli,ditrigonal piramida,trigonal trapesoedrli,ditrigonal skalenoedrli bo'lishi mumkin. Trigonal-yunoncha(tri-uch)ma'nosini bildiradi. tetragonal Tetragonal-yunoncha(tetra-to'rt) ma'nosini anglatadi. L4 o'qi parallel joylashgan to'rtta teng tomonli shakl.Asosining ko'ndalang kesimi kvadrat shaklida bo'lib,tetragonal deyiladi. Tetragonal singoniya:tetragonal piramida,tetragonal dipiramidali,ditetragonal piramidali,tetragonal trapesoedrli,ditetragonal dipiramidali,tetragonal tetraedrli,tetragonal,tetragonal ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:10 ]
Arxiv ichida: pptx