Tekislikning berilishi Subtitle here Reja: Tekislikning berilishi Umumiy holda tekislikning fazoviy vaziyatini bir to'g'ri chiziqqa tegishli bo'lmagan uchta nuqta aniqlaydi. Haqiqatdan, А, В va С nuqtalar fazoda biror Q tekislikning vaziyatini aniqlaydi. Bu nuqtalardan har birining fazoviy o'rni o'zgarishi bilan tekislikning vaziyati ham fazoda o'zgaradi. Tekislik birinchi tartibli sirt hisoblanadi. Chizma geometriyada tekisliklar quyidagi hollar bilan beriladi: 5. Tekis geometrik figuralarning ortogonal proyeksiyalari orqali berilishi ham mumkin 1. Bir to'g'ri chiziqqa tegishli bo'lmagan uchta nuqta proyeksiyalari bilan 2. Bir to'g'ri chiziq va unga tegishli bo'lmagan nuqta proyeksiyalari bilan 4. ikki parallel to'g'ri chiziq proyeksiyalari bilan 3. Ikki kesishuvchi to'g'ri chiziq proyeksiyalari bilan Agar biror tekislik proyeksiyalar tekisliklari bilan bir xil og'ish burchak hosil qilsa, uning ikkita izi bir to'g'ri chiziqda yotadi. Uchinchi izi esa proyeksiyalarini o'qi bilan 45° burchak hosil qiladi Shuningdek, tekislik proyeksiyalar lekisliklari bilan kesishish chiziqlari orqali berilishi ham mumkin (3-rasm). Masalan, P tekislik H, V va W proyeksiyalar tekisliklarini PH, Py, Pw chiziqlar bo'yicha kesadi. Umumiy vaziyatdagi tekisliklar. Agar tekislik proyeksiyalar tekisliklarining birortasiga parallel yoki perpendikulyar bo'lmasa, uni umumiy vaziyatdagi tekislik deyiladi. Chizmada umumiy vaziyatdagi tekislikning izlari proyeksiyalar o'qlari bilan ixtiyoriy burchak hosil qiladi. Agar biror P tekislik proyeksiyalar tekisliklari bilan bir xil burchak hosil qilsa, uning PH PH va PV izlari Ox o'qi bilan bir xil burchak hosil qiladi Tekislikning bosh chiziqlariga uning gorizontal va frontal chiziqlari kiradi. Chizmada tekislik gorizontalining frontal proyeksiyasi Ox ga parallel, ya'ni h″Ox bo'ladi, tekislik gorizontalining gorizontal proyeksiyasi esa tekislikning PH iziga parallel, ya'ni h′PH bo'ladi (4.4-rasm). Tekislikning bosh chiziqlari Tekislikning gorizontali Ta'rif. Tekislikka tegishli to'g'ri chiziq H tekisligiga parallel bo'lsa, bu to'g'ri chiziq tekislikning gorizontali deyiladi. Bunda hP hamda h∥H bo'lsa, h to'g'ri chiziq P tekislikning gorizontal chizig'i bo'ladi. Tekislikning frontali Bunda fP hamda f∥V bo'lsa, f to'g'ri chiziq P tekislikning frontal chizig'i bo'ladi. Ta'rif. Tekislikka tegishli to'g'ri chiziq V tekisligiga parallel bo'lsa, bu to'g'ri chiziq tekislikning frontali deyiladi. Umuman, chizmada tekislikning cheksiz ko'p bosh chiziqlarini o'tkazish mumkin. Tekislikning bir nomli bosh chiziqlari (masalan, gorizontallari) hamma vaqt bir-biriga 4.6-rasm parallel bo'ladi. Ammo proyeksiyalar tekisligidan talab qilingan masofada tekislikning faqat bitta bosh chizig'ini o'tkazish mumkin. Xususiy vaziyatdagi tekisliklar. Agar tekislik proyeksiyalar tekisligining biriga perpendikulyar yoki parallel bo'lsa, uni xususiy vaziyatdagi tekislik deb ataladi. Gorizontal proyeksiyalovchi tekislik Ta'rif. Gorizontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar tekislik gorizontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. Proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo'lgan tekisliklar proyeksiyalovchi tekisliklar deyiladi. Gorizontal proyeksiyalovchi tekislikka tegishli tekis geometrik shakllarning gorizontal proyeksiyalari to'g'ri chiziq bo'ladi va tekislikning gorizontal izi bilan ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
632.63 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
632.63 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:21 ]
Arxiv ichida: pptx