To'g'ri chiziqning оrtоgоnаl prоyеksiyalаri to'g'ri chiziq kesmasini nisbatda bo'lish Fales teoremasi Reja: To'g'ri chiziqning ortogonal proyeksiyalari. Proyeksiya tekisliklari bilan bir xil burchak tashkil qilgan to'g'ri chiziqlar. Umumiy vaziyatdagi to'g'ri chiziqning analizi. Xususiy vaziyatdagi to'g'ri chiziqlar. To'g'ri chiziq kesmasini nisbatda bo'lish. Fales teoremasi. To'g'ri chiziqning ortogonal proyeksiyalari. To'g'ri chiziq eng oddiy geometrik shakl hisoblanadi. Bir-biridan farqli ikki nuqta orqali faqat bitta to'g'ri chiziq o'tkazish mumkin. Agar fazodagi birbiridan farqli ikkita A va B nuqtalarni o'zaro tutashtirib, uni ikki qarama-qarshi tomonga cheksiz davom ettirilsa, a to'g'ri chiziq hosil bo'ladi (3.1-rasm). To'g'ri chiziqning ikki nuqta bilan chegaralangan qismi to'g'ri chiziq kesmasi deyiladi. a 3.1- rasm To'g'ri chiziqlar a, b, c kabi yozma harflar bilan belgilanadi. Agar to'g'ri chiziqlar chegaralangan bo'lsa, u holda AB, CD, EF, tarzida belgilanadi. To'g'ri chiziqning proyeksiyalar tekisliklardagi proyeksiyalari holatini uning ikki ixtiyoriy nuqtasining proyeksiyalari aniqlaydi. Masalan, 3.1,a-rasmda berilgan a to'g'ri chiziqning ortogonal proyeksiyalarini yasash uchun bu chiziqqa tegishli ikki A va B nuqtalarning ortogonal A′, A″ va B′, B″ proyeksiyalari yasaladi. Bu ikki nuqtaning bir nomli proyeksiyalarini tutashtiruvchi a′ va a″ chiziqlar fazoda berilgan a to'g'ri chiziqning gorizontal va frontal proyeksiyalari bo'ladi. Shuningdek, AB kesma va uning A′B′ va A″B″ proyeksiyalari a to'g'ri chiziqning fazodagi vaziyatini va uning a′, a″ proyeksiyalarini aniqlaydi (3.1,b-rasm). Ta'rif. Proyeksiyalar tekisliklarining birortasiga parallel yoki perpendikulyar bo'lmagan to'g'ri chiziq umumiy vaziyatdagi to'g'ri chiziq deyiladi. To'g'ri chiziqning gorizontal va frontal proyeksiyalariga asosan uning profil proyeksiyasini ham yasash mumkin. Buning uchun uning yuqorida tanlab olingan A va B nuqtalarning profil proyeksiyalari yasaladi va ular o'zaro tutashtiriladi (3.2-rasm). To'g'ri chiziq proyeksiyalari faqat uning kesmasi proyeksiyalari orqaligina emas, balki ixtiyoriy qismi bilan ham berilishi mumkin. Umumiy vaziyatdagi to'g'ri chiziqning ortogonal proyeksiyalari to'g'ri chiziq bo'ladi va a b v 3.2-rasm ular proyeksiyalar o'qlariga nisbatan ixtiyoriy burchaklarni tashkil etadi. Bu burchaklar harflari bilan belgilanadi. Bu burchaklar AB kesmaning H, V, W proyeksiyalar tekisliklari bilan mos ravishda hosil qilgan burchaklaridir, ya'ni =AB^H, =AB^V, =AB^W. Umumiy vaziyatdagi to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisliklariga qisqarib proyeksiyalanadi. Uning haqiqiy uzunligini aniqlash keyingi mavzularda ko'riladi. Proyeksiya tekisliklari bilan bir xil burchak tashkil qilgan to'g'ri chiziqlar. (3.2-rasm,v). Agar biror to'g'ri chiziq fazoda H, V va W lar bilan bir xil burchak hosil qilib joylashgan bo'lsa, uning AB kesmasining uchala proyeksiyalari o'zaro teng, ya'ni AB^H=AB^V=AB^W bo'lsa, A′B′=A″B″=A″′B″′ bo'ladi. Bunda A′B′=B″A″ teng yonli trapetsiyadan 1B′=2B″=3A″′ va 1B′=3B″′, demak 3A″′=3B″′ bo'lgani uchun ∠3A″B″=45º bo'ladi. Shu bilan birga A″′B″′∥A″B″ bo'lib, Δx=Δy=Δz bo'ladi. Umumiy vaziyatdagi to'g'ri chiziqning analizi. Umumiy vaziyatda joylashgan to'g'ri chiziq ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:41:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
318.54 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:41 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
318.54 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:24 ]
Arxiv ichida: doc