Uch o'lchamli geometric shakllardan tushgan soyalar Reja: Ortogonal proyeksiyalarda soyalar Nuqtadan proyeksiya tekisliklariga tushgan soyani yasash Nuqtadan umumiy vaziyatdagi tekislikka tushgan soya 88- shakl Geometrik jisimlarning sirtiga urinma bo'lib o'tgan yorug'lik nurlarining yig'indisi o'rovchi sirt hosil qiladi. Bu o'rovchi nur sirtning jism sirtiga urunma bo'lgan nuqtalarning yig'indisi (A, B, C, D, E) o'z soyasining konturini hosil qiladi. Jism sirtiga urunma bo'lgan yorug'lik nurlarining soya tushadigan tekislik, yoki boshqa sirt bilan kesishgan nuqtalarning yig'indisi tushgan soyaning (Aс, Bс, Cс, Dс, Eс) konturini hosil qiladi. Soyalar teoriyasining asosiy maqsadi jismning o'z va tushgan soyalarining konturlarini aniqlashdir.Jismning shakliga qarab, o'rovchi nur sirti ko'p yoqli, egri sirt va urunma tekisliklardan iborat bo'lishi mumkin.Chizmada o'z soyasi tushayotgan soyaga nisbatan to'qroq rangda baja-riladi. Bu yerda fizika qonuniga binoan, yorug'lik nurlari boshqa sirtlardan qaytib jismning yorug'lik tushmagan qismini yoritadi. Ortogonal proyeksiyalarda nurning yo'nalishi. Ortogonal proyeksiyalarda soyani ko'rayotganda: 1. yorug'lik nuri cheksizlikdan deb hisoblanadi; 2. yorug'lik nuri to'g'ri chiziq bo'ylab tarqaladi; 3. yorug'lik nurlar o'zaro parallel bo'ladi. Ortogonal proyeksiyalarda soyalar Ortogonal proyeksiyalardagi chizmalar loyixalashtirilgan inshoatni aniq tasvirlagani bilan, yetarlicha ko'rgazmali bo'lmaydi. Tekis chizmaning ifodali va yaqqolroq tasvirlanishi uchun soyalarni ko'rishni o'rganish kerak. Soyalar asosan arxitektura loyixalarda (imoratlarning fasadlari va boshqa qurilmalarda ) keng qo'llaniladi. Imoratlarning ortogonal proyeksiyalardagi soyasi chizmani ko'rgazmali qilishdan tashqari, proeksiyalardagi uchinchi o'lchamning yo'qligini bildirmaydi (planda - balandligini, fasadda - chuqurligini). Soyalar chizmadagi alohida elementlarning o'zaro joylashuvini va imoratning fazoviy xajmini yaxshiroq tassavur qilishga imkoniyat beradi. Biz soya konturlarini ko'rinishining geometrik uslublarini ko'rib chiqamiz. Yorug'lik manbaining fazodagi xolatiga qarab nurlarning yo'nalishi ikki xil bo'lishi mumkin: a) yorug'lik manbai narsadan uncha uzoq bo'lmagan bo'lsa, yorug'lik nurlari kesishuvchi bo'ladi. Masalan: lampa yoki fonar bilan yoritilgandagi nurlia (sun'iy yoritish). yorug'lik manbai narsadan juda uzoq masofada joylashgan bolsa, a) yorug'lik manbai narsadan juda uzoq masofada joylashgan bo'lsa, yorug'lik nurlari parallel nurlar deb ataladi. Masalan, quyosh yoki oydan kelgan yorug'lik nuri. d) 89- shakl Bunda: A,B - fazoviy nuqtalar; S - yorug' lik manbai; Ac -A nuqtadan Q tekislikka tushgan soya; Bc - B nuqtadan Q tekislikka tushgan soya; Ac Bc - AB chiziqdan Q tekislikka tushgan soya; Q - soyalar tekisligi; SN - yorug' lik nurlarining yonalishi. Yorug'lik nuri yoqlari uchta proyeksiya tekisligida joylashgan kubning diogonali bo'yicha yo'nalgan qilib olinadi. Kub diogonalining proyeksiy alari kvadratning diogonali bo'lib proyeksiyalanadi. Ya'ni har bir yorug'lik nurning proyeksiyasi proyeksiya o'qiga nisbatan 45° burchak hosil qiladi. 92- shakl Nuqtadan proyeksiya tekisliklariga tushgan soyani yasash Nuqtadan proyeksiya tekisliklariga tushgan soya, nuqta orqali o'tuvchi nurning gorizontal yoki ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:42:31
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.62 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:42 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.62 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:28 ]
Arxiv ichida: doc