Yig'ish chizmalari sxemalar Reja: Yig'ish chizmalarini chizish tartibi va ularni hujjatlashtirish. Yig'ish chizmalarini o'qish va ularni detallarga ajratib chizish. Tayanch iboralar: Spesifikasiya - buyum to'g'risida ma'lumot beruvchi mustaqil konstruktorlik hujjat. YeSKD - konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi. 1. Yig'ish chizmalarini chizish tartibi va ularni hujjatlashtirish. Bu ma'ruzada biz tartibida bir necha detallarga bo'lib, ular o'zaro birikib biror ish bajaruvchi buyum ko'rinishiga kelishi umumiy ko'rinishi, ularning yig'ish chizmalarini tuzish va ularni hujjatlashtirish to'g'risida so'z yuritamiz. Bunday buyumlarni ishlab chiqarish uchun GOST 2.102-68 ga muvofiq konstruktorlik hujjatlari tuziladi. Bu hujjatlar loyihalash va ish hujjatlariga bo'linadi. Loyihalash hujjatlariga umumiy ko'rinishdagi chizma taaluqli bo'lib, unda buyumlarning tuzilishi va ular tarkibiga kiruvchi qismlarning o'zaro birikib harakat qilish qoidalari kabi ma'lumotlar beriladi. Bundan tashqari umumiy ko'rinish chizmalari buyumlardagi ayrim detallarning chizmalarini tuzishda asos hisoblanadi. Ish hujjatlari bo'yicha buyumlar ishlab chiqarilib, bular tarkibiga detallarning ish chizmalari va spesifikasiyalar kiradi. Yig'ish chizmalariga spesifikasiya bilan birga buyumlar, yig'ish birliklarining chizmalari kiradi. Yig'ish chizmalari buyumlar tarkibiga kiruvchi detallarning eskizlariga yoki ularning ish chizmalariga asosan tuziladi. Yig'ish chizmalari quyidagi ma'lumotlarga, chunonchi, yig'ish birligi chizmalarining tasviriga kerakli bo'lgan ko'rinishlarga, qirqimlar va kesimlarga, o'lchamlar, hisoblash natijasida aniqlangan ma'lumotlarga, texnikaviy talablarga, ajraladigan va ajralmaydigan birikma turlariga, buyum tarkibiga kiruvchi detallarning raqam belgilariga, buyumning asosiy vazifasiga, ishlash qoidasiga konstruktiv tuzilishga, ulanish, o'rnatish, gabarit o'lchamlar va boshqa kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak. Amaliy mashg'ulotlarda yig'ma birliklar (uzellar)ning o'ziga qarab yig'ish chizmalarini tuzadilar. Yig'ma birlik chizmalarini tuzishdan avval buyum bilan tanishib chiqiladi, ya'ni uning vazifasi, detallarning o'zaro birikish holatlari, ishlash usuli va detallarning tashqi, ichki qiyofasining tuzilishi aniqlanadi. So'ngra buyum tarkibiga kiruvchi detallar bo'laklarga ajratilib, ularning eskizlari tuziladi. Detallarning eskizlariga muvofiq yig'ish chizmalarini quyidagi tartibda tuzish mumkin: Kerakli bo'lgan tavsiflar soni belgilanadi. Buyumlarning gabarit o'lchamlariga nisbatan format va masshtab tanlanadi. O'q va kontur chiziqlari chiziladi. Kerakli bo'lgan kesim va qirqimlar beriladi. O'lcham chiziqlari chiziladi, keyin gabarit o'lchamlarida (uzunlik, balandlik, kenglik), birikish va o'rnatish o'lchamlari qo'yiladi. Buyum tarkibiga kiruvchi barcha detallarning tartib nomeri belgilanadi. Chizmaning to'g'riligi tekshirib chiqiladi. Chizmaning asosiy yozuvi va uning spesifikasiyasi to'lg'aziladi. So'ngra M markali qalam bilan chiziqlarning yig'onligini saqlagan holda asosiy chiziqlar ustidan yurgizib chiqiladi. Yig'ish chizmalariga ayrim detallar GOST 2109-73 ga muvofiq shartliliklar va soddalashtirishlardan foydalanib chizilishi, ya'ni ularda faskalarni yumaloqlangan joylarni, yo'nalgan qismlari o'yiq va chiqiqlarini, o'ymakorlik qismlarini va sterjen bilan teshiklar orasidagi bo'shliqlarni ko'rsatish shart emas. Qopqoq, g'ilof va chambaraklar ham ko'rsatilmaydi. Siquvchi vtulka detali ma'lum masofada ko'tarilgan holda chizilishi mumkin (1-shakl). Yig'ish chizmalarida bajarilgan qirqim va kesimlarda shtrixovkalar yonma-yon turgan ...

Joylangan
06 May 2024 | 05:42:31
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.47 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 May 2024 [ 05:42 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.47 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:36 ]
Arxiv ichida: doc