Yig'ish chizmalari

Yig'ish chizmalari

O'quvchilarga / Matematika
Yig'ish chizmalari - rasmi

Material tavsifi

Yig'ish chizmalari Reja: 1.Umumiy tushunchalar 2.Detalning asliga qarab eskiz chizish 3.Yig'ish chizmalarini bajarishga qo'yiladigan talablar 4.Yig'ish chizmasining spetsifikatsiyasi 5.Yig'ish chizmasini bajarish Umumiy tushunchalar Buyumlar (asboblar, mashina va boshqalar)ning tasviri hamda ularni yig'ish va tekshirishga oid ma'lumotlar berilgan chizmalar yig'ish chizmalari deb ataladi. Yig'ish chizmalarida buyum yig'ilgan holda barcha detallari bilan birga tasvirlanadi: Ishlab chiqarishda avval har bir detal uning ish chizmasiga qarab tayyorlanadi. Detalning ish chizmasi esa uning eskizi asosida tayyorlanadi. So'ngra yig'ish chizmasiga muvofiq tayyor detallardan butun buyum yig'iladi. Yig'ish chizmalari mazmuni GOST 2109-96 bilan aniqlanadi. Detalning asliga qarab eskiz chizish Jism (detal)ning to'g'ri burchakli proyeksiyalash qoidalariga muvofiq ko'z bilan chamalab qo'lda, chizmachilik asboblaridan foydalanmay, chizilgan tasvirga eskiz deyiladi. Bunda tasvirlanayotgan detal qismlari o'rtasidagi proporsionallik, taxminan bo'lsa-da, saqlanadi. Agar konstruktorlik hujjatlari faqat bir marta foydalanishga mo'ljallangan bo'lsa, u holda loyihachilar konstruktorlik hujjatlarning ko'pincha eskizini bajaradilar. Shuning uchun ham eskiz muhim texnikaviy hujjat hisoblanadi, ularga ham xuddi ish chizmalariga qo'yilganidek talablar qo'yiladi. Eskizlar ikki xil bo'ladi: -Yangi ixtiro etilgan buyumning tarkibiga kiruvchi detallar eskizi; -Ma'lum detalning asliga qarab chizilgan eskiz. O'quv jarayonida detalning asliga qarab eskizi chiziladi. Detalning asliga qarab eskiz chizish ikki ya'ni asosiy va yordamchi bosqichdan iborat: Yordamchi bosqichda detal diqqat bilan sinchiklab o'rganiladi va u taxminan fikran oddiy geometrik jismlarga ajratiladi. Detalning nomi. Nimaga mo'ljallanganligi, uning ish jarayonidagi vaziyati va qanday ashyodan tayyorlanganligi aniqlanadi. Shundan so'ng eskiz formati aniqlanadi va detal tog'risida eng ko'p ma'lumot beruvchi bosh ko'rinish tanlanadi. Bosh ko'rinishda shtrix chiziqlar mumkin qadar oz bo'lishi kerak. Asosiy va qo'shimcha ko'rinishlar, qirqim, kesim va kerakli fragmentlar aniqlanadi. eskiz yumshoq (M yoki 2M) qalam bilan chiziladi. Eskiz tuzishni quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin. Birinchi bosqich. Eskiz katak qog'ozga asosiy yozuvchi uchun joy qoldirib qog'ozning ramka chiziqlarini chizishdan boshlanadi. Har bir ko'rinishning simmetriya o'qlari o'tkaziladi. Detalning tashqi konturi ingichka chiziqlar bilan chiziladi. Detal elementlarining o'q va markaz chiziqlari, so'ngra bu elementlarning tashqi ko'rinishi chiziladi. Ikkinchi bosqich.Detalning ichki konturi chiziqlari chiziladi. Uchinchi bosqich. Zarur bo'lgan qirqim va kesimlar chiziladi. Ortiqcha chiziqlar o'chiriladi va shtrixovka chiziqlari o'tkaziladi. Eskiz sinchiklab tekshirilgandan keyin ingichka kontur chiziqlar ustidan qalam yurgizib chiqiladi. Chiqarish va o'lcham chiziqlari o'tkaziladi. Strelkalar, detal shaklini ifodalovchi shartli belgilar (aylana, kvadrat, radius va hokazo) va sirtning tozalik belgilari qo'yiladi. Eskizning asosiy yozuvi chiziladi. To'rtinchi bosqich. O'lchash asboblari bilan detaldan zarur bo'lgan o'lchamlar o'lchab olinadi va eskizga qo'yiladi. Eskizda detalni o'tkazishga oid bo'lgan shartli belgilar qo'yilib asosiy yozuvlar yoziladi. Ventil tarkibiga kiruvchi bitta detal (shtutser)ning eskizini bosqichlar bo'yicha bajarish tartibi 8.1-shaklda namuna ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 384.68 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 384.68 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga