Matematikaning asosiy tushunchalari natural son, arifmetik amallar, to'g'ri chiziq kesmasi, aylana kabi geometrik tushunchalar insoniyat tarixining ilk davridayoq paydo bo'lgan. Matematika fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bevosita amaliy ehtiyojdan-narsalarni sanash, xo'jalik hisob kitobi, masofalarni o'lchash, buyumlarning shaklini belgilash, quyosh va yulduzlar vaziyatiga qarab dunyo tomonlarini aniqlash kabi tirikchilik uchun zarur masalalardan kelib chiqqan. Dehqonchilik, me'morchilik inshootlari qurilishi, dengizga suzish taraqqiy etishi bilan matematik bilimlarning ahamiyati ham ortib borgan. Matematika yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o'stiruvchi vosita sifatida maktablarda qadimgi Yunonistonda o'qitila boshlangan, sof fan tarzida ham rivojlantirilib, geometriyada aksiomatik metod ishlab chiqilgan. Yangi era boshlarida Xitoyda sonlar nazariyasi, Hindistonda o'nli sanoq sistemasi, O'rta dengiz sohillarida trigonometriya yaratila boshlangan. VII asrdan ilm-fan taraqqiyotining markazi O'rta Sharq mamlakatlari, xususan, O'rta Osiyoga bo'ladi. Bu davrda davlat tili bo'lgan arab tilida ijod qilgan olimlarning katta qismi bizning yurtdoshlarimiz edi: Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu-Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Ismoil Buxoriy nomlari bugun butun dunyoga ma'lum. Insoniyat taraqqiyotida muhim o'rin tutuvchi o'nli sanoq sistemasi bilan yevropaliklar asosan al-Xorazmiyning Hind hisobi risolasi orqali tanishganlar. Uning Al-jabr val-muqobala asari algebra fani sifatida shakllangan. Al-Xorazmiy ishlab chiqqan bayon usuli-lunda va izchil qoidalar olim nomi bilan Algoritm deb atalgan. X-XI asrlarda Xorazmda, XIV-XV asrlarda Samarqandda mashhur ilmiy akademiyalar (Bayt ul-hikmat) ish olib borgan. O'rta Osiyolik olimlarning boy merosini o'rganish sohasida ham katta vazifalar turibdi. Shatq matematiklarining ishlari XIV-XVI asrlarda yevropada ilm-fan rivojiga asos bo'ldi. Matematika tarixining keyingi davri XVII-XIX asrlardagi texnika inqilobi bilan bevosita bog'liq. XX asr boshlarida tabiatni o'rganish sohasidagi inqilobiy o'zgarish matematikada ham o'z aksini topdi. Ayni paytda matematika yutuqlari bu o'zgarishlar uchun zamin hozirladi. 1920-yildan O'bekistonimizda matematikaning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keldi. O'rta Osiyo davlat dorulfununi (Tosh.D.D) ochildi. Bu davrda mamlakatimizda avvalroq shakllangan ehtimolliklar nazariyasi maktabi (V.I.Romonovskiy, T.A.Sarimsoqov, S.H.Sirojiddinov, T.Azlarov va b). Differensial tenglamalar nazariyasi (I.S.Arjanix, M.S.Salohiddinov, N.Yu.Satimov, Sh.A.Alimov va b). Matematik analiz (T.A.Sarimsoqov, J.Hojiyev, Sh.A.Ayupov va b). Hisoblash matematikasi (V.Qobulov, F.N.Salihov, F.B.Abutaliyev va b). Sonlar nazariyasi (N.P.Ramanov, A.F.Lavrik va b). Matematika tarixi (S.H.Sirojiddinov, G.P.Matvilvskaya va b). ilmiy maktablariga asos solindi. Bugungi kunda matematikaning amaliy ahamiyati hech kimda shubha tug'dirmaydi. Tabiat va jamiyat hodisalarini o'rganishda benihoya imkoniyatga ega vositalardan biri-matematik modellashtirishdir. U turli jarayon bilan bog'liq noma'lumlarni topish, uning kelgusidagi tabiatni oldindan hisoblash imkonini beradi. Matematikaning bu turli tatbiqi ayniqsa tabiatni muhofaza qilish, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar bilan kurashishda muhim ahamiyatga ega. Matematikaning bevosita amaliy tatbiqlaridan tashqari yosh avlodni har taraflama rivojlangan yetuk kishilar qilib tarbiyalashda, uning alohida o'ringa egaligini ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 15:18:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
180.9 KB
Ko'rishlar soni
383 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Jul 2022 [ 15:18 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
180.9 KB
Ko'rishlar soni
383 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:39 ]
Arxiv ichida: doc