Yuzlik mavzusida arifmetik amallarni o'rganish

Yuzlik mavzusida arifmetik amallarni o'rganish

O'quvchilarga / Matematika
Yuzlik mavzusida arifmetik amallarni o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Yuzlik mavzusida arifmetik amallarni o'rganish. 100 ichida qo'shish va ayirish

Yuzlik mavzusida arifmetik amallarni o'rganish. 100 ichida qo'shish va ayirish Ushbu mavzuda amallarni o'rgatish bilan birga 1-sinfda sonni yig'indiga qo'shish va yig'indini songa qo'shish, sonni yig'indidan ayirish va yig'indini ayirish xossalari, 2-sinfda yig'indini yig'indiga qo'shish va yig'indidan ayirish xossalari qaraladi. Bu xossalarni va tegishli hisoblash usullarini ochib berishdan avval tayyorgarlik ishini bajarish kerak, natijada o'quvchilar sonlar yig'indisi va sonlar ayirmasi kabi matematik ifodalarni o'zlashtiradi, qo'sh tengliklar, bir va ikki amalli ifodalarni qavslar yordamida yozishni o'rganadi, ikki xonali sonlarni o'nlik va birlik yordamida yoza oladilar. «Yig'indi», «ayirma» tushunchalari bilan 4+3=7, 7-4=3 kabi misollarni yechishda tanishadilar. 10 ichida qo'shish va ayirishdayoq 5+4=5+2+2=9, 8-3=8-1-2=5 kabi qo'sh tengliklarni ishlatib, qo'shish va ayirishning turli ko'rinishlarini yoza oladilar, qavslar ishlatish yordamida 6+(3+1)=6+4=10 kabi hisoblash usullarini bilib olishadi. Raqamlashni o'rganish davrida «qavs» belgisi bilan tanishadi, va «5 va 3 sonlari yig'indisiga 2 ni qo'shing» kabi og'zaki masalalarni yechadilar. Qo'shish va ayirishni o'rgatish quyidagi tartibda olib boriladi. Oldin nol bilan tugaydigan 2 xonali sonlarni qo'shish va ayirish o'rganiladi, so'ngra sonni yig'indiga qo'shish va ayirish o'rganiladi. Sonni yig'indidan ayirish, yig'indini songa qo'shish va yig'indini sondan ayirish qoidalari ham shu tartibda qaraladi. Nol bilan tugaydigan sonlar ustida amallar bajarish: 60+20= ? 70-40 = ? 6 o'nli + 2 o'nli = 8 o'nli 7 o'nli - 4 o'nli = 3 o'nli 60 + 20 = 80 70-40 = 30 kabi ko'rinishda savollar bilan olib boriladi. har bir qoida o'rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1 bosqich. Narsalar to'plami ustida amallar bajarib, o'quvchilar xossani ochishadi va ifodalashadi. II bosqich. Xossani misollar yordamida har xil usullar, jumladan, qulay usul bilan yechishga tatbiq qiladi. II bosqich. Arifmetik amallar xossalari asosida chiqariladigan hisoblash usullari o'rganish obyekti bo'lib xizmat qiladi. IV bosqich. O'rganilgan xossalarni va hisoblash usullarini taqqoslash natijasida bu xossalar va usullar umumlashtirishning yuqoriroq darajasiga ko'tariladi. Misol: 36+23 = (30 + 6)+(20 + 3) = (30 + 20)+(6+3)=50 + 9=59. 1-sinfda o'rganilgan to'rtta xossa: Sonni yig'indiga qo'shish; yig'indini songa qo'shish; Sonni yig'indidan ayirish; Yig'indini sondan ayirishlar 100 ichida qo'shish va ayirishning barcha hollari uchun hisoblash usullari kiritiladi. Nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo'shish va ayirishni ochib berishda bolalarga bunday sonlarni qo'shish va ayirish bir xonali sonlarga o'xshash bajarilishini ko'rsatish kerak. Masalan: 60+20= yig'indini topish uchun 6 o'nlikka 2 ta o'nlikni qo'shish yetarli. 60+20=? 70-40 6 o'nl+2 o'nl =8 unl 7 o'nl- 4 o'nl=3 o'nl 60+20=80 70-40=30 Har bir xossani o'rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Birinchi bosqichda obyektlar to'plamlari ustida amallar bajarib, o'quvchilar xossani ochishadi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.18 KB
Ko'rishlar soni 358 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.18 KB
Ko'rishlar soni 358 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga