Oliy matematika fanidan testlar bo'yicha uslubiy qo'llanma

Oliy matematika fanidan testlar bo'yicha uslubiy qo'llanma

O'quvchilarga / Matematika
Oliy matematika fanidan testlar bo'yicha uslubiy qo'llanma - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI Institut o'quv- uslubiy Kengashida muhokama etilgan va nashrga tavsiya qilingan, 5-son bayonnoma, 24 dекаbr 2008 y. OLIY MATEMATIKA KAFEDRASI OLIY MATEMATIKA fanidan testlar SAMARQAND 2009 1 Mazkur «Oliy matematika» fanidan testlar bo'yicha uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan, barcha nomatematik ta'lim yo'nalishlar bakalavrlari «Oliy matematika» fani amaldagi dasturiga mos bo'lib, uning asosiy bo'limlarini qamrab olgan. Xususan, kirish, tekislikda analitik geometriya, oliy algebra elementlari, fazoda analitik geometriya, matematik tahlilga kirish, differensial hisob, integral hisob, ko'p o'zgaruvchili funksiyalar, qatorlar va oddiy differensial tenglamalar elementlari bo'limlari bo'yicha tegishli uslubiy ko'rsatmalar va test topshiriqlar keltirilgan bo'lib, fanni o'zlashtirishga mo'ljallangan. Uslubiy qo'llanmadan test nazoratlariga tayyorlanishda, uni tashkil etishda va o'tkazishda foydalanish mumkin. Tuzuvchi: dos. Begmatov A. B. Taqrizchilar: Xusanov B. f-m.f.n., dosent, Samarqand Davlat arxitektura va qurilish instituti; Umarov T.I. t.f.n., dosent, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Uslubiy qo'llanma ,,Oliy matematika'' kafedrasi majlisida muhokama etilgan va nashr etishga tavsiya qilingan(3-son bayonnoma, 16 dекabr, 2008 yil). Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. A.Begmatov. 2008. 2 «Oliy matematika» fanidan testlar haqida umumiy tushunchalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mamlakatimizni rivojlantirishning ustivor yo'nalishlarini belgilar ekan, shunday deydi: «Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning barcha sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohatlarimizning samaradorligi avvalo halk madaniyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o'rganilishi, an'analarimizning saqlanishi, madaniyat va san'at, fan va talim rivoji bilan uzviy bog'liqdir». Respublikamiz rivojlanishining ustivor yo'nalishlariga qo'yilgan yuksak vazifalar har bir yosh mutaxassisga ham tegishlidir. Hamma sohalarda, matematik qonuniyatlarga asoslangan zamonaviy kompyuterlarning muvaffaqiyat bilan tatbiq etilishi hamda uning kundan-kunga rivojlanib borayotganligi, yosh mutaxassislarning tegishli sohalar, masalalarining matematik modellarini tuza bilishi va unda hisoblash texnikasini joriy etish vazifalarini qo'ymokda. Bu masalalarni modellashtirish matematik apparat(amallar, tushunchalar va usullar) yordamida amalga oshiriladi. Bunday matematik apparatni o'zlashtirib, amaliy malakalarga ega bo'lishda, fan bo'yicha tuzilgan testlar katta ahamiyatga ega. Test usuliga, ilg'or pedagogik texnologiya sifatida qarash lozim bo'lib, u ta'lim tizimiga demokratiyani olib kirmoqda va talaba tomonidan bilimlarni mustaqil topish-o'rganish shu bilan birgalikda o'zining bilim darajasini o'zi aniqlashi, egallangan bilimlarni ijtimoiy adolat, bilim darajasiga mos holda baholashdek muhim omil sifatida qarash kerak. Talabalarning bilim darajasini, mustaqil fikrlash qobiliyatini, aqliy rivojlanishini takomillashtirish hamda xolisona baholash imkonini beradigan test topshiriqlarini oliy maktab fanlari bo'yicha ham ishlab chiqish muhimdir. Ushbu testlar bo'yicha tuzilgan uslubiy qo'llanma «Oliy matematika» fanining: kirish, tekislikda analitik geometriya, chiziqli algebra elementlari, fazoda analitik geometriya, matematik taxlilga kirish, differensial hisob, integral hisob, ko'p o'zgaruvchili funksiyalar, qatorlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 489.5 KB
Ko'rishlar soni 745 marta
Ko'chirishlar soni 143 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:38 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 489.5 KB
Ko'rishlar soni 745 marta
Ko'chirishlar soni 143 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga