Arifmetik progressiya matematikadan dars ishlanma

Arifmetik progressiya matematikadan dars ishlanma

O'quvchilarga / Matematika
Arifmetik progressiya matematikadan dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

DARS ISHLANMASI Mavzu: Arifmetik progressiya. Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda arifmetik progressiya tushunchasini shakllantirish. O'tilgan mavzulardan umumiy xulosa chiqarishni o'rgatish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarni erkin, mustaqil fikrlashga o'rgatish. Ularni jamoa bo'lib ishlashga, ya'ni trening mashg'ulotlariga ko'proq jalb etish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Bu mashg'ulotlar orqali o'quvchilarni o'z maqsadlariga erishish ruhida tarbiyalash hamda o'qituvchi va o'quvchi munosabatida erkinlik va faollikni oshirish. Darsning turi: o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida muloqot va munozara darsi. Darsning jihozi: 9-sinf algebra kitobi, arifmetik progressiyaga doir ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar hamda test savollari. 9-sin uchun elektron darslik, multimediya proyektori. DARSNING BORISHI: I. Darsning tashkiliy qismi: a) tashkiliy qismda salomlashish va o'quvchilar yo'qlamasi; b)1,2,3-qismlarida shakllanadigan guruhlarga ajratish; II. Uy vazifasini so'rash: Aqliy hujum: Arifmetik progressiyaga doir debat o'tkazish. II. Mashg'ulotning birinchi qismi 25 daqiqa davom etadi. O'qituvchi galma-gal o'quvchilarga savol bera boshlaydi. 1-savol. Haftaning olti kunida har biringiz 3 tadan test savollari tuzdingiz. Bu tuzgan testlaringizdan shunday ketma-ketlik chiqaringki, natijada arifmetik progressiya hosil bo'lsin. O'quvchilar bahs-munozara natijasida quyidagi xulosaga kelsa, demak, masalaga to'g'ri yechim topilgan hisoblanadi. Demak, a1 = 3; a2 = 6; a3 = 9; a4 = 12; a5 = 15; a6 = 18 bo'ladi. Arifmetik progressiyaning ta'rifiga ko'ra, bu ketma-ketlikda ikkinchidan boshlab uning har bir hadiga oldingi hadga ayni bir xil 3 soni qo'shilganiga teng bo'layapti. Bundan esa a6 a5 = 18 - 15 = 3. Bu yerda biz har kuni tuzadigan test savollarini d deb belgilasak, quyidagi arifmetik progressiya hosil qilamiz: a6 a1 + 5 d 2-savol. Agar a6 = 110; a12 = 158 bo'lsa, arifmetik progressiyaning n - hadi formulasini toping. Ikkinchi o'quvchining javobi: a5 = a1 + 5 d va a12 = a, + 11d bo'lgani uchun a1+5d = 110 a1 + 11d = 158 bo'ladi. Ikkinchi tenglamadan birinchi tenglamani ayiramiz. 6 d = 48 qoladi. Bundan d = 8. a1 = a12 - 11d bo'lgani uchun a1 = 158 - 11x8 = 158-88 = 70. a1 = 70. an = a1 + (n-1)d bo'lgani uchun an = 70 + (n-1) x 8= 70 + 8n - 8 = 62 + 8n. Javob: an = 62 + 8 n. yoki an = 8n + 62. Mashg'ulot shu tariqa davom etadi. O'quvchilar ham arifmetik progressiya mavzusidan tushunmagan savollarini o'qituvchilga beradilar. IV. Mashg'ulotning ikkinchi qismi 10 daqiqa. O'quvchilarning har uch juftligiga kartochkalar tarqatiladi. Test savollari quyidagicha: 1-savol. an = 3 + 4n formula bilan berilgan ketma-ketlik arifmetik progressiya bo'lishini isbotlang. A) 4 B) - 4 S) 5 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.13 KB
Ko'rishlar soni 1041 marta
Ko'chirishlar soni 511 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.13 KB
Ko'rishlar soni 1041 marta
Ko'chirishlar soni 511 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga