O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI Begmatov A. OLIY MATEMATIKA KAFEDRASI Ikki ozgaruvchili funksiyaning xususiy hosilasi va to'la differensiali amaliy mashg'ulot darsida ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash bo'yicha uslubiy qo'llanma SAMARQAND 2011 A.Begmatov. Ikki ozgaruvchili funksiyaning xususiy hosilasi va to'la differensiali. Amaliy mashg'ulot darsida ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash bo'yicha uslubiy qo'llanma. SamISI. 2011. -25 b. Taqrizchilar: Husanov B. f-m.f.n., dotsent, Samarqand Davlat arxitektura va qurilish instituti; Umarov T.I. SamISI, «Oliy matematika» kafedrasi dotsenti. Uslubiy qo'llanma ,,Oliy matematika'' kafedrasi majlisida muhokama etilgan va nashr etishga tavsiya qilingan(4-son bayonnoma, 24 mart, 2011 yil). Ushbu uslubiy qo'llanmada Ikki ozgaruvchili funksiyaning xususiy hosilasi va to'la differensiali mavzusi amaliy mashg'ulot darsida ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llab o'qitish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Qo'llanmadan Ikki ozgaruvchili funksiyaning xususiy hosilasi va to'la differensiali mavzusi amaliy mashg'ulotini tashkil etish va o'tkazishda foydalanish mumkin. Oliy matematika fanini ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llab o'qitish bo'yicha umumiy ko'rsatmalar O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotida halqning boy ma'naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Ma'lumki, kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o'qitishni jadallashtirish ko'zda tutilgan. Pedagogik texnologiyaga YUNESKOning bergan ta'rifini keltiramiz: Pedagogik texnologiya - bu butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'z oldiga ta'lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo'yuuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o'zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo'llash (va belgilash)ning tizimli usulidir. Bu ta'rifdagi asosiy tushuncha tizimli usul bo'lib, aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyaning, o'qitishga boshqa yondashuvlardan farqlanuvchi asosiy belgisi hisoblanadi. Ta'lim maqsadlari, uning mazmuni, o'qitish va ta'lim berish usullari, nazorat va natijalarni baholashni o'zaro bog'liklikda loyihalash- ko'pincha an'anaviy o'quv jarayonida yetishmaydigan narsadir. jahon pedagogika fani ilmiy - texnika taraqqiyoti ta'sirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish (innovatsiya) jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari (boshda) dastlab o'qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi (belgilangan qoida bo'yicha) o'zlashtirish talab etiladigan mahsuldor (reproduktiv) darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor ta'lim har qanday ta'limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg'argan tajribani aniq o'quv fani doirasida o'zlashtirish bilan bog'liq. Ta'lim oluvchilarda bilim va ko'nikmalarning ma'lum poydevori hosil qilingandan keyingina ta'limning natijali (produktiv) va ijodiy yondashish usullariga ko'chish mumkin. Pedagogik texnologiya oqimi 70-80 yillarda AQSHda yuzaga keldi va YUNESKO kabi nufuzli tashkilot ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 15:18:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
155.61 KB
Ko'rishlar soni
2609 marta
Ko'chirishlar soni
587 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:17
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
25 Jul 2022 [ 15:18 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
155.61 KB
Ko'rishlar soni
2609 marta
Ko'chirishlar soni
587 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:17 ]
Arxiv ichida: pdf