Ikki o'zgaruvchili tenglamalar va tengsizliklar sistemasi Reja: 1. Bir o'zgaruvchili-chiziqli tengsizliklar sistemasi 2. Ikki o'zgaruvchili tengsizliklar sistemasi 3. Ikki o'zgaruvchili tenglamalar sistemasi 1. Bir o'zgaruvchili-chiziqli tengsizliklar sistemasi Bir o'zgaruvchili ikki yoki undan ortiq chiziqli tengsizliklar to'plamiga bir o'zgaruvchili chiziqli tengsizliklar sistemasi deyiladi. Tengsizliklar sistemasini yechish, bu o'zgaruvchining-sistemaning har bir tengsizligini qanoatlantiradigan barcha qiymatlari to'plamini topish demakdir. Bir o'zgaruvchili (noma'lumli) ikkita chiziqli tengsizliklar sistemasini (2) qaraymiz. Bu sistemaning har bir tengsizligini alohida-alohida yechganda, quyidagi hollar bo'lishi mumkin. 1. Har bir tengsizlikning yechimida bir xil ma'noli tengsizlik bo'ladi, ya'ni a) Bunda bo'lsa, sistemaning yechimlarini topish uchun sonlar o'qini olib, unda birinchi (yuqorida) va ikkinchi (pastda) tengsizliklarning yechimlarini belgilaymiz. Bu tengsizliklar yechimlarining umumiy qismiga mos qiymatlar sistemaning yechimi bo'ladi. Uni deb yozamiz. b) Bunda bo'lsa, sistemaning yechimlari , ya'ni to'plamdan iborat. 2. Har bir tengsizlikning yechimida qarama-qarshi ma'noli tengsizliklar bo'ladi, ya'ni a) Bunda bo'lsa, sistemaning yechimlari , ya'ni to'plamdan iborat bo'ladi. b) Bunda bo'lsa, sistemaning tengsizliklari bir-biriga zid yechimlarga ega bo'lib, sistema yechimga ega bo'lmaydi, ya'ni yechimlar to'plami bo'sh to'plam bo'ladi. Eslatma. 2 sistemada tengsizlik belgilari har xil bo'lishi ham mumkin, masalan, birinchisida ikkinchisida , yoki va , va va hokozo. Bunday hollarda ham sistema yuqoridagiga o'xshash yechiladi. 2. Ikki o'zgaruvchili tengsizliklar sistemasi Endi ikki noma'lumli tengsizliklar sistemasini qaraymiz. Bunday sistemalarning umumiy ko'rinishi dan iborat (tengsizlik belgilari har xil bo'lishi mumkin). Bu yerdagi har bir tengsizlik tekislikda qandaydir sohani tasvirlaydi. Berilgan sistemaning yechimlar to'plami shu sohalarning umumiy qismidan iborat bo'ladi(bo'sh to'plam bo'lishi ham mumkin). Masalan, ushbu sistemani qaraymiz. U berilgan tengsizliklar kon'yunksiyasidan iborat: . Osongina ko'rish mumkinki, bu sistemaning grafigi markazi koordinata boshida va radiusi 6 ga teng bo'lgan doira bilan y=2 to'g'ri chiziqdan yuqorida joylashgan tekislikning umumiy qismidan iborat. Yuqoridagi (3) sistemaning xususiy holi bo'lgan ikki o'zgaruvchili chiziqli tengsizliklar sistemasini qaraymiz. Bu sistemada va to'g'ri chiziqlar o'zaro parallel emas deb olamiz. Faraz qilaylik, bu sistemaning har bir tengsizligini y ka nisbatan yechib, sistemani hosil qilgan bo'laylik. x o'zgaruvchining biror qiymatida bu sistema tengsizliklari o'rinli bo'lishi uchun yoki bajarilishi zarur va yetarli(tranzitivlik qonuniga binoan). Demak, pk bo'lganda, va p ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 15:18:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
116.21 KB
Ko'rishlar soni
1039 marta
Ko'chirishlar soni
128 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 15:18 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
116.21 KB
Ko'rishlar soni
1039 marta
Ko'chirishlar soni
128 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:17 ]
Arxiv ichida: docx