Matematik mantiq elementlari

Matematik mantiq elementlari

O'quvchilarga / Matematika
Matematik mantiq elementlari - rasmi

Material tavsifi

Matematik mantiq elementlari Matematik tushuncha. Tushuncha hajmi va mazmuni. Tushunchani ta'riflash usullari Matematika atrofimizdagi turli obyektlarni miqdoriy va fazoviy xossa va munosabatlarini o'rganuvchi fandir. U turli-tuman hodisa va predmetlarni o'rganish maqsadida turli-tuman matematik modellar yaratadi. Bu tashqi dunyo hodisalarining biron-bir majmuasini matematik simvolikalar yordamida tavsiflashdir. Matematik modellarni o'rganish bilan birga, biz biror real voqelikni o'rganamiz. Masalan, funksiyaning xossalari haqidagi bilimlar turli miqdorlar orasidagi: vaqt bilan masofa orasidagi, buyum miqdori bilan narxi orasidagi va boshqa bog'lanishlarning o'ziga xos xususiyatlarini tavsiflash imkonini beradi. Har qanday matematik obyekt ma'lum bir xossaga ega. obyektning bu xossalari shu obyektni boshqa obyektlardan farqlash imkonini beradi. Bu xossalarni muhim va muhim bo'lmagan xossalarga ajratish mumkin. Masalan, kvadratning to'rtta tomoni va to'rtta burchagi teng deyilgan xossa muhimdir. Uning tomoni gorizontal holatda turibdi degan xossa muhim emasdir. obyektning muhim xossasini bilish shu obyekt to'g'risida tushuncha hosil qilish demakdir. obyektning o'zaro bog'langan muhim xossalari to'plami bu obyekt haqidagi tushunchalar mazmuni deyiladi. Matematik obyektlar bitta termin (so'z, nom) bilan ifodalanadi. Tushunchaning hajmi deganda bitta termin bilan ifodalanadigan obyektlar to'plamiga aytiladi. Tushuncha hajmi va mazmuni orasida bog'lanish mavjuddir. Tushuncha hajmi qancha katta bo'lsa, uning mazmuni shuncha kichik bo'ladi. Masalan, to'g'ri burchakli uchburchak tushunchasi uchburchak tushunchasining hajmidan kichikdir, lekin uning mazmuni ikkinchisidan kattadir. obyektni bilish uchun uning muhim xossalarini ko'rsatish kerak. Bu muhim xossalarni ko'rsatish obyektni ta'riflash deyiladi. Ta'riflash oshkor va oshkormas ko'rinishda bo'lishi mumkin. Boshlang'ich sinflarda oshkormas ta'riflash usulidan foydalaniladi. To'g'ri burchakli uchburchak ta'rifi oshkor ta'riflashdir. Kvadrat ta'rifining tuzilishini tahlil qilamiz. Kvadrat deb hamma tomonlari teng bo'lgan to'g'ri to'rtburchakka aytiladi. U mana bunday: dastlab ta'riflanuvchi tushuncha kvadrat ko'rsatiladi, keyin esa ushbu: to'g'ri to'rtburchak bo'lishlik, hamma tomonlari teng bo'lishlik xossalarini o'z ichiga oluvchi ta'riflovchi tushuncha kiritilgan. To'g'ri to'rtburchak bo'lishlik xossasi kvadrat tushunchasiga nisbatan jins jihatdan tushunchadir. Ikkinchi xossa - tomonlari teng bo'lishlik - bu tur jihatdan xossa ko'rsatgichi, shu asosda kvadrat to'g'ri to'rtburchakning boshqa turlaridan farq qilinadi. Maktab matematika kursining boshqa ta'riflari ham xuddi shunday tuzilishga ega. Bunday ta'riflar tuzilishini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin. Tushunchalarni bunday sxema bo'yicha ta'riflash jins va tur jihatdan ta'riflash deyiladi. Matematikada boshqa ta'riflash ham uchraydi. Masalan, Uchburchak deb bir to'g'ri chiziqda yotmagan uchta nuqta va ularni juft-jufti bilan tutashtiruvchi uchta kesmadan iborat figuraga aytiladi degan ta'riflashda, uchburchakni yasash usuli ko'rsatib ta'riflangan. Shu sababdan bu ta'riflash genetik (kelib chiqish) ta'riflash deb ataladi. Tushuncha ta'rifiga quyidagi talablar qo'yiladi: Ta'riflanuvchi va ta'riflovchi tushunchalar o'zaro mutanosib bo'lishi; Tushunchani o'zini-o'zi orqali ta'riflash mumkin emas; Tushunchada ortiqcha narsalar bo'lmaslik. Fikr tushunchasi. Fikrning inkori ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.46 KB
Ko'rishlar soni 665 marta
Ko'chirishlar soni 80 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.46 KB
Ko'rishlar soni 665 marta
Ko'chirishlar soni 80 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga