Matematika fanidan ma'ruza matn

Matematika fanidan ma'ruza matn

O'quvchilarga / Matematika
Matematika fanidan ma'ruza matn - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Navoiy Arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji Matematika fani o'qituvchisi R.Norchayevning M A T E M A T I K A fanidan Navoiy Navoiy viloyati O'rta maxsus kasb - hunar ta'limi boshqarmasi Navoiy Arxitektura va qurilish kasb - hunar kolleji Matematika fani o'qituvchisi Norchayev Rustam Tojinorovichning matematika fani bo'yicha tuzgan ma'ruzalar matniga Taqriz R.Norchayevning matematika fanidan yozgan ma'ruzalar matni 2010 - yilda tasdiqlangan namunaviy o'quv dasturi asosida yozilgan bo'lib, 190 soatlik dars mavzularini o'z ichiga olgan. Bundan 136 soati matematika fanidan, 54 soati esa geometriya faniga mo'ljallab tuzilgan. Ma'ruza matnida to'plamlar nazariyasi elementlari ko'rsatilgan bo'lib nazariy bilimlar amaliy darslarga muvofiq keltirilgan. Bundan tashqari to'plamlarning xususiy holi bo'lgan haqiqiy sonlar to'plamini hosil qilish ketma - ketligi keltirilgan va xossalari ko'rsatilgan. Ma'ruza matnining keyingi boblarida bir o'zgaruvchili ko'phadlar, ularni ko'paytuvchilarga ajratish, ajratish usullari keltirilgan bo'lib, amaliy mashg'ulot darslaridagi misol va masalalar ketma - ketligi uslubiy jihatdan to'g'ri tanlangan. Keyingi bob trigonometriya bo'limiga bag'ishlangan. Bu bo'limda trigonometriya elementlari, ayniyatlar, trigonometriya tenglama va tengsizliklar ko'rsatib o'tilgan. So'ngra esa to'g'ri va teskari funksiyalar tushunchalari berilgan. Ma'ruza matnining keyingi boblari hosila va uning tadbiqlari, aniqmas va aniq integral, uning tadbiqlari ko'rsatilgan. Bundan tashqari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari mavzulari reja asosida tuzilgan. Geometriya bo'limida stereometriya aksiomalari va unga bog'liq bo'lgan tushunchalar keltirilgan bo'lib, to'g'ri chiziqlar va tekisliklarning o'zaro joylashuvi bayon qilinib, fazoda vektorlar, aylanma jismlar, ko'pyoqlar va to'la sirtlar, fazodagi jismlarning hajmlarini topish ma'ruza matnida o'z aksini topgan. Ma'ruzalar matnida adabiyotlar ro'yxati keltirilib, internet saytlaridan foydalanilgan. Ushbu ma'ruzalar matni kasb - hunar o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, matematika fanini o'qitishda tavsiya etaman. NDPI Umumiy matematika kafedrasi katta o'qituvchisi: T.Yu.Norchayev Navoiy Arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi Matematika fani o'qituvchisi: Norchayev R.T. KIRISH Mazkur o'quv qo'llanma akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quv dasturining 1-3 kurs mavzularini to'la qamrab olgan bo'lib, sodda, tushunarli tarzda bayon etilgan. Qo'llanma 8 bo'limdan iborat. Har bir bo'lim bir nechta bandlarga bo'lingan bo'lib, ularning har birining oxirida shu bandga doir misol va masalalar yechib ko'rsatilgan, mustaqil yechish uchun mashqlar keltirilgan, ularning deyarli yarmiga javoblar berilgan. Qo'llanma hajmi jihatidan uncha katta bo'lmasa ham, mazmunan Algebra va matematik analiz asoslari kursiga doir barcha mavzularni to'la qamrab olgan. Qo'llanmaning eng ijobiy tomonlaridan biri uning misol va masa-lalarga, ma'naviy yechimlarga nihoyatda boyligidir. Mavzularning joylashish ketma-ketligi ularning uzviy bog'liqligi zaruratidan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. 1-Bob: To'plam nazaryasi elementlari. 1.To'plam tushunchasi, elementlari. Bo'sh va qism to'plam.Sonli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.74 MB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.74 MB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga