Mirzo Ulug'bek va uning ilmiy maktabi Mirzo Ulug'bekning hayoti va ilmiy faoliyati (1344-22 mart- 1449 yil 27 oktyabr) Ulug'bek ilmiy maktabi namoyondalari merosi. Tayanch iboralar: matematika, astronomiya, yulduzlar, sonlar, rasadxona, ilmiy maktab. Chun Ulug'bek Mirzo dar ilmi xandasa, Notovon yoft dar xazaron madrasa. Abdurazzoq Samarqandiy 1. Mirzo Ulug'bekning hayoti va ilmiy faoliyati (1344 yil 22 mart-1449 yil 27 oktyabr) Temurxon naslidin sulton Ulug'bek, Ki olam ko'rmadi sulton aningdek, Oning abnoi jinsi bo'ldi barbod, Ki davr ahli biridan aylamas yod. Valek uli ilm sori topti chun ldast, Ko'zi oldida bo'ldi osoni past. Rasadkim, bog'lamish-zebi jahondir, Jahon ichra yana bir osmondur. Bibil bu nav' ilmi osmoniy, Ki ondin «Ziji Ko'ragoniy». Alisher Navoiyning«Farhod va Shirin» dostonidan Tuzdi Mirzo Ulug'bek Ko'ragoniy jadvalin, Sirli osmon tog'iga ilk qo'ydi narvon, o'zbegim Erkin Vohidov «O'zbegim» she'ridan. Hisor tog'larining naqd etagida, Makon bor xushhavo, sarbaland, yuksak. Ajib bir osmon bu, osmon tagida, Yulduzlar qo'l cho'zsang shundoq yetgudek. Ona tabiatning xush san'ati bu, Inson va yulduzlar saltanati bu, Bu yerdan o'tibdi yerning belbog'i, Falakda yulduzlar chaqnagan hozir chog'i, Nishondor o'zbekning surati tayyor. Ulug'bek nomida zo'r kosxona bu, Dunyoda beshdan bir rasadxona bu. Abdulla Oripovning «Kenglik nuqtasi» she'ridan. Mashhur astronom, matematik, tarixchi, Samarqand rasadxonasining asoschisi va undagi ilmiy maktab rahbari Ulug'bek, jahoning eng yirik astronomlari qatoridan joy olgan olimdir. Amir Temur harbiy safarlarida, oila a'zolari bilan birga yurar edi. Sultoniya shahrida dam olish uchun to'xtagan vaqtda, 1394 yil 22 martda Temurning 17 ga kirgan kichik o'g'li Shohruhning xotini o'g'il tug'adi, unga Muhammad Tarag'ay deb ism beriladi. Keyinchalik unga berilgan Ulug'bek laqabi uning nomiga aylanib qolgan. Ulug'bekning otasi Shohruh kitoblarni ko'p sevar va boy kutubxonani to'plagan edi. U yoshligidanoq ana shu kitoblarni mutolaa qilar edi. U mashhur yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Ptolemey, vatandoshlari Farg'oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlarning asarlarini o'rgana boshladi. O'rta Osiyoning qadimiy shaharlaridan bo'lgan Samarqand Temur davlatining poytaxti edi, u Sharqning eng taraqqiy etgan fan va madaniyat markazlaridan biri hisoblanar edi. Temur Samarqandni go'zal va muhtasham qilishga intilgan. U hashamatli saroylar, xonakoh, madrasalar va maqbaralar qurdirgan. Temur vafotidan so'ng, Mavoraunnahr davlatiga Ulug'bek hukmdorlik qildi. Ammo Ulug'bek o'zining bobosi va otasidan tubdan farq qilar edi. Otasi Shohruh Hirotda (Xuroson davlatining poytaxti, bu davlatga Shohruhning o'zi hokimlik qilar edi) o'z atrofiga ruhoniylarni yig'ib olib, erkin fakr egalarini taqib etgan bo'lsa, Ulug'bek Samarqandda, o'z atrofiga olimlar va shoirlarni to'plab fan, adabiyot va san'atning taraqqiy etishiga keng yul ochib berdi, tabiiy fanlar bilan o'zi bevosita shug'ullandi. Ulug'bek binokorlik ishlarini boshqacha ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 15:18:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.34 MB
Ko'rishlar soni
350 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 15:18 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.34 MB
Ko'rishlar soni
350 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:48 ]
Arxiv ichida: docx