Olamni mahliyo aylagan diyor O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga Xorazm Ma'mun akademiyasining 100 yilligi munosabati bilan ko'plab xalqaro tashkilotlardan, jahonning taniqli fan va madaniyat arboblaridan tabrik maktublari kelmoqda.Davlatimiz rahbarining Biz kimmiz, qanday ulug' ajdodlarning vorislarimiz degan savol har bir kishini o'ylantirmog'i lozimligi haqidagi da'vati hayotda o'zining amaliy tasdig'ini topmoqda. Xorazm Ma'mun akademiyasining 100 yilligi keng miqyosda nishonlanishi va shu munosabat bilan yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham bu fikrning yorqin dalili bo'la oladi. Bugun yurtimizda va jahon miqyosida keng nishonlanayotgan Xorazm Ma'mun akademiyasining 100 yillik to'yi munosabati bilan ko'plab xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning ilmiy markazlari va oliy o'quv yurtlari rahbarlaridan qizg'in va samimiy tabriklar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbarining bevosita rahbarligida insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi o'choqlaridan biri bo'lmish O'zbekiston hududida joylashgan bir necha ming yillik madaniy obidalar, yodgorliklar, osori atiqalarni qayta tiklash, ularga ikkinchi umr bahsh etish, eng muhimi, yosh avlodni mana shu buyuk merosga sadoqatli vorislar etib tarbiyalash borasida olib borilayotgan tarixiy ishlarga yuksak baho va samimiy e'tirof aks etgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga yo'llagan tabrigida Islom konferensiyasi tashkiloti Bosh kotibi Akmaliddin Ehson o'g'li quyidagilarni yozadi: Islom konferensiyasi tashkiloti Sizning o'zbek xalqining nodir milliy qadriyatlarini tiklash, boy ilmiy-ma'rifiy, madaniy va ma'naviy merosini o'rganish va asrab-avaylash hamda keng targ'ib qilish borasidagi sa'y-harakatlaringizni yuqori baholaydi. Darhaqiqat, qadim Xorazm diyoridan yetishib chiqqan ma'rifat yulduzlari - Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro singari buyuk olim va mutafakkirlar islom sivilizatsiyasi rivoji va jahon ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shganliklarini dunyo afkor ommasi e'tirof etadi. M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori akademik V.Sadovnichiyning davlatimiz rahbari nomiga yo'llagan maktubida, jumladan, bunday satrlar bor: Xorazm Ma'mun akademiyasining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasi, bugungi kunda yosh avlodni milliy g'urur va o'z mamlakati tarixiga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash ishidagi ahamiyati beqiyosdir. Mazkur akademiya mintaqada ilm-fanni rivojlantirish bilan birga davlatlarning o'zaro madaniy aloqalarini, turli dinga mansub xalqlar o'rtasida do'stlik rishtalarini mustahkamlash borasida tarix sahifalarida chuqur iz qoldirdi. Sizning tashabbusingiz bilan qayta tiklangan ushbu ilm dargohi bugungi kunda butun dunyoda madaniyat va taraqqiyotning oliy maqsadlarini targ'ib etishga xizmat qilmoqda. Hurmatli Islom Abdug'aniyevich, ushbu unutilmas kunda Sizga O'zbekiston Respublikasining ravnaqi va xalqining farovonligi yo'lidagi ulkan ishlaringizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, Xorazm Ma'mun akademiyasi jamoasiga esa ilm-fan va ta'limni yanada rivojlantirishda ulkan yutuqlar tilayman. Misrdagi Al-Azhar ilmiy majmuasi rahbari Shayx Muhammad Sayyid Tantoviy o'z tabrigida quyidagilarni ta'kidlaydi: «Sizning tashabbusingiz va har tomonlama qo'llab-quvvatlashingiz natijasida qayta tiklangan mazkur tarixiy ilmiy markaz - Xorazm Ma'mun akademiyasi bamisoli o'tmish va kelajakni bog'lab turuvchi ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 15:18:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
66.05 KB
Ko'rishlar soni
298 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 15:18 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
66.05 KB
Ko'rishlar soni
298 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:00 ]
Arxiv ichida: docx