Prizma va parallelepiped

Prizma va parallelepiped

O'quvchilarga / Matematika
Prizma va parallelepiped - rasmi

Material tavsifi

Prizma va parallelepiped. Reja: 1.Prizma haqida tushuncha.To'g'ri prizma. 2.Parallelepiped.To'g'ri burchakli parallelepiped. 3. To'g'ri burchakli parallelepipedning simmetriyasi. Prizma Turli yarim tekisliklarda yotuvchi va parallel ko'chirish bilan ustma-ust tushuvchi ikkita yassi ko'pburchakdan hamda bu ko'pburchaklarning mos nuqtalarini tutashtiruvchi hamma kesmalardan iborat ko'pyoq prizma deyiladi Ko'pburchaklar prizmaning asoslari deyiladi, mos uchlarni tutashtiruvchi kesmalar esa prizmaning yon qirralari deyiladi. Parallel ko'chirish harakat bo'lgani uchun prizmaning asoslari teng bo'ladi. Parallel kuchnrishda tekislik parallel tekislikka (yoki o'ziga) o'tgani uchun prizmada asoslar parallel tekisliklarda yotadi. Parallel ko'chirishda nuqtalar parallel (yoki ustma-ust tushuvchi) to'g'ri chiziqlar bo'ylab ayni bir xil masofaga siljigani uchun prizmada yon qiralari parallel va o'zaro teng. Prizmaning sirti asoslaridan va yon sirtidan iborat. Yon sirty parallelogrammlardan iborat. Bu parallelogrammning xar birida ikki tomoni asoslarining mos tomonlari hisoblanadi, qolgan ikki tomoni esa qo'shni yon qirralar hisoblanadi. Prizma asoslarining tekisliklari orasidagi masofa prizmaning balandligi deyiladi. Prizmaning bitta yog'iga tegishli bo'lmagan ikki uchini tutashtiruvchi kesma prizmaning diagonali deyiladi. Agar prizmaning asosi n burchakli bo'lsa, u n burchakli prizma deyiladi. Bundan keyin biz asoslari kavariq ko'pburchaklar bo'lgan prizmalarnigina qaraymiz. Bunday prizmalar qavariq ko'pyoqlardir. beshburchakli pizma tasvirlangan. Uning asoslari- A1A2A5, A'1A'2A'5 beshburchaklardir. XX ' -asoslarining mos nuqtalarini tutashtiruvchi kesma. Prizmaning yon qirralari-A1A'1, A2A'2 , A5A'5kesmalardir. Prizmaning yon yoqlari - A1A2A'2A'1,A2A3A'3A'1parallelogrammlardir. Prizmaning tasviri va uning kesimini yasash Parallel proyeksiyalash qoidalariga muvofiq prizmaning tasviri quyidagi tarzda yasalayan.Avval asoslaridan biri P yasaladi (406-rasm). Bu biror yassi ko'pburchak bo'ladi. Keyin P ko'pburchakning uchlaridan bir xil uzunlikdagi. parallel kesmalar ko'rinishida prizmaning yon qirralari o'tkaziladi. Bu kesmalarning uchlari tutashtirnladi va prizmaning ikkinchi asosi hosil bo'ladi. ko'rinmaydigan qirralar shtrix chiziq bilan ko'rsatiladi. Prizmaning yon qirralariga parallel tekisliklar bilan kesimlari parallelogrammlar bo'ladi. Xususan, diagonal kesimlar ham parallelogrammlar bo'ladi. Bu bitta yoqqa tegishli bo'lmagan ikkita yon qirra orqali o'tuvchi tekisliklar kesimlaridir Amalda, xususan, masalalarni yechishda ko'pincha prizmaning asoslaridan biri tekisligida berilgan g to'g'ri chiziq orqali o'tuvchi tekislik bilan kesimini yasashga to'g'ri keladi. Bunday to'g'ri chiziq kesuvchi tekislikning asos tekisligidagi izi deyiladi. Prizmaning kesimini yasash uchun kesuvchi tekislikning prizma yoqlari bilan kesishish kesmalarini yasash yetarli. Agar prizma sirtida kesimga tegishli bo'lgan biror A nuqta ma'lum bo'lsa, bunday kesim qanday yasalishini ko'rsatamiz Agar berilgan A nuqta prizmaning boshqa (ikkinchi) asosiga tegishli bo'lsa, u holda uning kesuvchi tekislik bilan kesishishi g izga parallel bo'lgan va A nuqtani o'z ichiga olgan BC kesmadan iborat bo'ladi Agar berilgan A nuqta yon yoqqa tegishli bo'lsa, u holda bu yoqning kesuvchi tekislik bilan kesishishi ko'rsatilgandek yasaladi. Ya'ni: dastlab D nuqta yasaladi, bu nuqtadayoq tekisligi berilgan izni, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 105.33 KB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 105.33 KB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga