Teskari trigonometrik funksiyalar. Shu vaqtga qadar biz burchakning berilgan qiymatlariga asosan sin, cos, tg va ctg larning qiymatlarini topish bilan shug'ullandik. Endi bunga teskari masalani ya'ni sin, cos, tg va ctglarning qiymatlariga asosan burchakning qiymatlarini aniqlash masalasini ham qo'yish mumkin. Bu masala teskari trigonometrik funksiya tushunchasini kiritishga olib keladi. Teskari trigonometrik funksiya tushunchasini kiritish uchun esa dastlab teskari funksiya tushunchasini kiritish kerak bo'ladi. Aniqlanish sohasi D va qiymatlar sohasi E dan iborat bo'lgan y=f(x) funksiya o'zining aniqlanish sohasida monoton bo'lsin. U holda x ning D dan olingan har bir qiymatiga y ning E dagi bitta qiymati mos keladi va aksincha. y ning E dan olingan har bir qiymatiga x ning D dagi bitta qiymati mos keladi. Demak, bu holda E da aniqlangan shunday yangi funksiyani tuzish mumkinki, unda E dan olingan har bir y ga D da y=f(x) tenglamani qanoatlantiruvchi bitta x ni mos qo'yish mumkin. Hosil qil ingan bu yangi funksiya y=f(x) funksiyaga teskari funksiya deyiladi. y=f(x) funksiyaga teskari funksiyani topish uchun x ni y orqali ifodalab so'ngra x va y larni o'rinlarini o'zaro almashtirish kerak. y=f(x) funksiyaga teskari Funksiyani y=g(x) ko'rinishda yoziladi. Agar y=f(x) va y=g(x) funksiyalar o'zaro teskari funksiyalar bo'lsa, u holda y=f(x) ning aniqlanish sohasi y=g(x) uchun qiymatlar sohasi, qiymatlar sohasi esa y=g(x) uchun aniqlanish sohasi bo'ladi. Ya'ni D(f)=E(g) va D(g)=E(f). O'zaro teskari funksiyalar grafiklari y=x to'g'ri chiziqqa nisbatan simmetrik bo'ladi. y=sinx funksiyaga teskari funksiyani topish masalasi bilan shug'allanamiz. Bu funksiya oraliqda monoton emas. Demak, bu oraliqda y=sinx funksiyaga teskari funksiya mavjud emas. y=sinx funksiya kesmada monoton bo'lganligi uchun, bu kesmada unga teskari bo'lgan funksiyaga o'tish mumkin. kesmada y=sinx funksiya -1 dan 1 gacha o'sadi. Demak, x va u ning qiymatlari o'zaro bir qiymatli moslik orqali bog'langan. Moslik o'zaro bir qiymatli bo'lgani sababli, u ning [-1;1] kesmadagi har bir qiymatiga x ning kesmadagi bitta qiymati mos keladi. Demak, bu holda yangi funksiya tuzish mumkin. Ta'rif: kesmada qaralayotgan y=sinx funksiyaga teskari bo'lgan funksiya arksinus deyiladi. Bu funksiya y=arcsinx kabi yoziladi arcsinx ifoda kesmada olingan yoydan iborat bo'lib, uning sinusi x ga teng, ya'ni sin(arcsinx)=x Masalan: arcsin(-1)=; arcsin=; arcsin=; arcsin=; arcsin0=0; arcsin=; arcsin =; arcsin=; arcsin=; arcsin1=. y=arcsinx funksiya [-1;1] kesmada dan gacha o'sadi. y=arcsinx toq funksiyadir. x ning kesmadagi barcha qiymatlarida arcsin(sinx)=x. Misollar: 1. ni hisoblang. yechish: . Javob: -2 2 ni hisoblang. yechish: . Javob: y=cosx funksiya oraliqda monoton emas. Demak, bu oraliqda y=cosx ga teskari Funksiya mavjud emas. y=cosx kesmada monoton bo'lgani uchun bu kesmada ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 15:18:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.38 KB
Ko'rishlar soni
406 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 15:18 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.38 KB
Ko'rishlar soni
406 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:22 ]
Arxiv ichida: docx