To'plam tushunchasi. To'plamning elеmеnti. Bo'sh to'plam. Chеkli va chеksiz to'plamlarga misollar. To'plamlarning bеrilish usullari. Tеng to'plamlar. To'plam osti. Univеrsal to'plam. Eylеr-Vеnn diagrammalari. Reja: To'plam tushunchasi. To'plamning elementi. Bo'sh to'plam. Chekli va cheksiz to'plamlar. To'plamlarning berilish usullari. 1. To'plam tushunchasi. To'plam tushunchasi matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, u ta'riflanmaydi va misollar yordamida tasavvur hosil qilinadi. To'plam deganda predmetlar, ob'ektlarni biror xossasiga ko'ra birgalikda qarashga tushuniladi. Masalan, hamma natural sonlarni birgalikda qarasak, natural sonlar to'plami hosil bo'ladi. Bir talabalar uyida yashovchi talablarni birgalikda qarash bilan shu talabalar uyidagi talabalar to'plamini hosil qilamiz. To'g'ri chiziqda yotuvchi hamma nuqtalarni bitta butun deb qarash shu to'g'ri chiziqdagi nuqtalar to'plamini, maktabdagi o'quvchilarni birgalikda qarash o'quvchilar to'plamini beradi va h.k. Hayotda to'plamlar alohida nomlanadi: auditoriyadagi talabalar to'plami - guruh, harflar to'plami - alfavit, qushlar to'plami - gala, qo'ylar to'plami - poda va h. k. 1-ta'rif: To'plamni tashkil etuvchi ob'ektlar - bu to'plamning elementlari deb ataladi. Masalan, yuqoridagi misollardagi o'quvchilar, talabalar, natural sonlar mos to'plamlarining elementlari hisoblanadi. To'plamlar odatda, lotin alfavitining katta harflari bilan, ularning elementlari esa alfavitning kichik harflari bilan belgilanadi. A to'plam a, b, c, d, e, f elementlaridan tuzilganligi A=a, b, c, d, e, f ko'rinishda yoziladi. To'plam bir qancha elementlardan iborat bo'lishi mumkin, quyidagi yozuv: aA (1) a elementni A to'plamga tegishliligini bildiradi. aA (2) a elementni A to'plamga tegishli emasligini bildiradi, yoki mantiq belgisidan foydalangan holda ko'rinishda yozishimiz mumkin. Agar aA bo'lsa, u holda a element A to'plamga tegishli deyiladi. a elementni A to'plamga tegishli emasligini bildiradi, yoki mantiq belgisidan foydalangan holda ko'rinishda yozishimiz mumkin. Agar aA bo'lsa, u holda a element A to'plamga tegishli deyiladi. To'plamning quvvati, yoki cardinal son tushunchasi to'plam elementlari sonini bildiradi. Har qanday n elementli A to'plam elemementlari soni |A|=n kabi belgilanadi. Bizning misolimizda |A|=6. If A is a finite set, we shall denote by |A| the number of elements in A. We often call |A| the cardinality or order of the set A. 2-ta'rif. Chekli to'plamning elementlar soniga to'plam quvvati deyiladi va n(A) kabi belgilanadi. Masalan, to'plamning quvvati n(A) = 7 ga, to'plamning quvvati n(B) = 1 ga, to'plamning quvvati n(C) = 3 ga, to'plamning quvvati n(D) = 2 ga, bo'sh to'plamning quvvati n() = 0 ga teng. Cheksiz to'plamlarning quvvati transfinit sonlarda ifodalanadi. 3-ta'rif. Quvvatlari teng bo'lgan to'plamlar teng quvvatli to'plamlar deyiladi. Masalan, va to'plamlar teng quvvatli. n(A) = n(C) = 3. To'plam elementi, ya'ni a element to'plamning elementi ekanligi aA ko'rinishda yoziladi va «a element ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 15:18:10
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
99.75 KB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 15:18 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
99.75 KB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:26 ]
Arxiv ichida: docx