Absorbsiya - rasmi

Material tavsifi

Absorbtsiya Reja 1. Absorbtsiya 2. Absorbtsiya jarayonining muvozanati 3. Jarayonning material balansi 4. Absorbtsiyaning asosiy tenglamasi ABSORBTSIYA Bug', gaz yoki tutunli gazlarning hamda bug'-gaz aralashmalaridagi bir va bir necha komponentlarning suyuqlikda yutilish jarayoni absorbtsiya deb ataladi. Yutilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning o'zaro ta'siriga ko'ra absorbtsiya jarayoni ikki xil bo'ladi: fizik absorbtsiya va kimyoviy absorbtsiya (xemosorbtsiya). Fizik absorbtsiyada yutilayotgan gaz bilan absorbent o'zaro bir-biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotgan gaz absorbent bilan o'zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa, xemosorbtsiya deyiladi. Fizik absorbtsiya ko'pincha qaytar jarayondir, yani suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish mumkin bo'ladi, bu hol desorbtsiya deyiladi. Absorbtsiya bilan desorbtsiya jarayonlarini uzluksiz olib borish natijasida yutilgan gazni toza holda ajratib olish va yutuvchi absorbentni bir necha marta qayta ishlatish imkoni turiladi. Absorbtiv va absorbent arzon va ikkilamchi mahsulot bo'lgani uchun, ular absorbtsiya jarayonidan keyin ko'pincha qayta ishlatilmaydi (masalan, gazlarni tozalaganda). Sanoatda absorbtsiya jarayoni turli maqsadlarda qo'llaniladi: 1) gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni (masalan, krekinglangan gazlardan yoki metan pirolizidan atsetilenni; koks gazi aralashmalaridan ammiak, benzolni; neftni qayta ishlash natijasida hosil bo'lgan gaz aralashmalaridan har xil uglevodorod va shu kabilarni) ajratib olishda; 2) komponentlarni har xil zaharli moddalardan tozalash uchun (mineral o'Hitlarni olishda hosil bo'lgan gaz aralashmalarini ftor birikmalaridan, ammiak sintez qilganda azot-vodorod aralashmalarini SO va CO2 oksidlardan tozalashda); 3) tayyor mahsulotlar, masalan, SO3 va azot oksidlar, NS1 ning suvda yutilishi natijasida sulfat, azot, xlorid kislotalar olishda va hakozo. Absorbtsiya jarayonining muvozanati Fazalararo muvozanat. Absorbtsiya jarayonida suyuqlik tarkibidagi gazning miqdori suyuqlik va gazning xususiyatiga, bosim, temperatura va gaz fazasining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.42 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.42 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga