ADRYeNORYeTSEPTORLARGA TA'SIR ETUVChI MODALLAR Αlfa-adenoretseptorlarni joylashishi: yurak, toj tomirlar, buyrak qon tomirlarida, ko'z aylana mushaklarida, taloq kapsulasida, ichakda, bachadonda, me'da-ichak sfinkterlarida, glikogenolizda. Beta- adrenoretseptorlarni joylashishi: β1-adrenoretseptorlar - yurak o'tkazuvchi sistemasida, ichakda. Β2 - adrenoretseptorlar - bronxlarda, yurak toj tomirlarida, jigarda bachadonda, lipolizda. Adrenoretseptorlarga ta'sir etuvchi modallar tasnifi Bevosita α-β - adrenoretseptorlarni qo'zg'atuvchi modallar - adrenalin gidroxlorid, noradrenalin gidrotortrat. Bilvosita α-β - adrenoretseptorlarni qo'zg'atuvchi modallar - efedrin gidroxlorid. Asosan α - adrenoretseptorlarni qo'zg'atuvchi modallar - mezaton, naftizin, galozolin. Asosan β - adrenoretseptorlarni qo'zg'atuvchi modallar - izadrin, salbutamol, fenoterol, partusisten. Bevosita α - adrenoretseptorlarni falajlovchi modallar - fentolamin, tropafen, digidroergotoksin, digidroergotamin, prozazin. Bevosita β - adrenoretseptorlarni falajlovchi modallar - anaprilin, propranolol, obzidan, inderal, oksprenalol, metoprolol, sotolol, atenalol, konkor. Bevosita α-β - adrenoretseptorlarni falajlovchi modallar - lobetalol. Bilvosita α-β - adrenoretseptorlarni falajlovchi modallar - rezerpin, oktadin, ornid. Bevosita α-β - adrenoretseptorlarni qo'zg'atuvchi modallar - adrenalin gidroxlorid, noradrenalin gidrotortrat ta'sir mexanizmi: Adrenalin giroxlorid va noradrenalin gidrotortrat α-β adrenoretseptorlarni to'g'ridan to'g'ri qo'zg'atadi. ta'sirlari: Adrenalin yurak urishini tezlashtiradi, musbat inotrop, xronotrop ta'sir ko'rsatadi, miokardni kilorodga bo'lgan ixtiyojini oshiradi, AD qisqa muddatga oshadi, reflektor bradikardiya paydo bo'ladi, teri, ichak, buyrak tomirlari qisqaradi, skelet mushaklar va yurak toj tomirlari kengayadi, bronxlarni kengaytiradi, ko'z qorachig'ini kengaytiradi, ichak tonusi va perestaltikasi kamayadi, qonda qand va erkin yog' kislotalarni miqdori oshadi - adrenalin β - adrenoretseptorlarni qo'zg'atib adenilatsiklaza fermentini oshiradi, natijada TsAMF oshishi tufayli fosforilaza va triglitseridlipaza fermentlari faolligi oshib, glikogenni glyukoza-6-fosfatga, triglitseridlarni glitserin va yog' kislotalarga parchalaydi. Adrenalin gistaminni erkin holda ajralishini kamaytiradi, MNSga qo'g'atuvchi tasi etadi. Qo'llanilishi: Adrenalin - ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
311.25 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
311.25 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:25 ]
Arxiv ichida: pptx