Afferent nerv tizimiga ta'sir etuvchi vositalar

Afferent nerv tizimiga ta'sir etuvchi vositalar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Afferent nerv tizimiga ta'sir etuvchi vositalar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Afferent nerv tizimiga ta'sir etuvchi vositalar AFFERENT INNERVATSIYAGA TA'SIR ETUVCHI DORILAR. Ular asosan 2 xildir: Afferent nerv oxirlari sezuvchanligini susaytiruvchi dorilar. Afferent nerv oxirlari sezuvchanligini kuchaytiruvchi (stimullovchi) dorilar. Anestetik vositalar quyidagi talablarga javob berishlari kerak: Suvda yaxshi eruvchan bo'lishlari kerak; Shilliq qavatlar epiteliy qavatidan o'tuvchan bo'lishlari kerak; Sterilizastiya vaqtida parchalanmasliklari kerak (yoki buzilmasliklari); Yuqori anestetik xususiyatiga ega bo'lishlari kerak; Saqlanganda o'z faolliklarini yo'qotmasliklari kerak; qo'llanilganda tez fursatda ogriq qoldirishlari kerak; Keraklicha yoki davomli anesteziya chaqirishlari kerak; mahalliy to'qima va nervlarga salbiy ta'sir ko'rsatmasliklari kerak; zaharli ta'sirlari kam yoki bo'lmasligi kerak; ta'sirlari qaytar bo'lishi kerak (ya'ni ma'lum muddatdan so'ng to'qima sezuvchanligi o'zxoliga to'la qaytishi kerak KOKAIN mahalliy anestetiklar ichida birinchi bo'lib qo'llanilgan .Janubiy Amerkada o'sadigan Erythroxyloncoca o'simligining bargidan olinadi. 1884 yil ko'z kasaliklarini davolashda (operastiya) ishlatilgan. Kimyoviy jihatdan kokain benzoykislotasi va metil ekgonin aminospirtining murakab efiri hisoblanadi. Shikastlanmagan shilliq qavatdan oson o'ta olganligidan yuqori darajada anesteziya chaqiradi. Lekin uning zaharliligi kuchli bo'lganligidan qo'llanilishi cheklangan. qo'llashda extiyotkorlik zarur, chunki u yaxshi so'riladi va nojo'ya ta'sirlar, hamda zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Ogriqsizlantirish davomliligi bir soatlar chamasida bo'ladi. DIKAIN Kokaindan 2-10 marta kuchli, lekin undan zaharliligi 2-5 marta yuqori. Shilliq qavatlardan oson so'riladi. Shuning uchun yuza anesteziyada ishlatish mumkin. Bu preparat turg'un va sterilizastiyada parchalanmaydi, shuning uchun xam kokaindan ustun turadi. Bundan tashqari dikain ko'zning ichkibosimiga ta'siretmaydi, akkomodastiyani buzmaydi, ko'zqorachigini o'zgartirmaydi. ANESTEZIN Uning asosli xususiyati yetarlicha bo'lmaganligi uchun kislotalar bilan yaxshi eruvchi tuz hosil qilmaydi. Shuning uchun uni faqat jarohatlangan teri ustiga kukun, surtma, pasta xolida ishlatish mumkin yoki miyada ogriqlarida tabletka, suspenziya, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 879.25 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 879.25 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga