Alimentar semirish Semizlik yer yuzida eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. BDSST (VOZ) ma'lumotiga ko'ra planetamiz aholisining 30% ortiqcha vaznga egadir Semizlik mustaqil kasallik sifatida (oddiy yoki haqiqiy - alimentar semizlik, qonstitutsional nasliy semizlik) yoki boshqa kasalliklarning simptomi sifatida bo'lishi mumkin. Semizlik bilan kechadigan kasalliklar ko'pincha ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi yoki markaziy nerv sistemasi shikastlanishi tufayli kelib chiqadi. Semizlik keng tarkalgan kasallik bo'lib ayollarda 50% ni, erkaklarda 30%, bolalarda esa 10% ni tashkil etadi. 70 yoshdan so'ng o'rtacha vaznning pasayishi kuzatiladi. Etiologiya. V.G. Baranov fikricha semizlik rivojlanishida gipotalamusning ishtaxa boshqarish markazlaridagi noto'liqliklar sabab bo'ladi. Semizlikga olib keluvchi omillarga: ortiqcha ovqat istemol qilish, ayniqsa uglevodlar, yog'larga boy bo'lgan mahsulotlarni ko'p qabul qilish, alkogol ichimliklariga berilish, jismoniy passivlik; 40 yoshdan kattalar, nasliy moyillik kiradi. Simptomatik semizlik kelib chiqishida endokrin hastaliklar (adipozogenital distrofiya, Kushing sindromi, gipotireoz, giperinsulinizm, gipogonadizm) yoki MNS dagi patologik jarayonlar (bosh miya jarohati,entsefolit, II- miya qorinchasi tubining o'smalari) sabab bo'ladi. Patogenezi Semizlik rivojlanishida asosiy patogenetik rolni bosh miya po'stlog'i va gipotalamus, ayniqsa orqa gipotalamusdagi ishtaxani boshqarish markazlari: ventromedial va ventrolateral yadrolari o'ynaydi. Ventromedial yadrolarining - «to'yinish markazi» - shikastlanishi ventrolateral yadrolarining - «ishtaha markazi» - qo'zg'olishini chaqiradi. Ishtaha markazining qo'zg'olishi tufayli ovqat mahsulotlarining (uglevodlar, yog'lar) ortiqcha qabul qilinishi, jismoniy faollikning yetishmasligi, yog' depolarida yog'larning to'planishiga olib keladi. Semizlikning umum qabul qilingan tasnifi yo'q. 1.Birlamchi semizlik. 1.1. Alimentar - konstitutsional. 1.1.1.Ginoidli (pastki, dumba-boldir semizlik) 1.1.2. Adroidli (yuqorigi, abdominal, vistseral) 1.1.2.2.Metabolik sindromning to'liq simptomatikasi bilan. 1.1.3. Ovqatlanish xulkining kuchli o'zgarishlari bilan. 1.1.3.1. Tungi ovqatlanish sindromi. 1.1.3.2. Mavsumiy effektli tebranishlar. 1.1.3.3. Stressga giperfagiyali ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
559.23 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:28
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
559.23 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:28 ]
Arxiv ichida: pptx