Alkogol ichimliklar Insonning aqliy va jismoniy kamoloti kushandalari Insoniyat o'tkir spirtli ichirnlik ishlab chiqarishni o'rganib olgandan buyon, uning o'zi bu ofat domiga tushib qoitnaslik uchim kurashib keladi. Afsuski, davrlar o'tishi bilan bu «kayfi shiin zahar»ning xilma-xil turlari yaratildi. Bular ilgaridan ma'lum bo'lgan may, sharob, boda va endilikda keng urfga kirgan spirt, aroq, konyak, balzam, vino, pivo va boshqa shunga o'xshash narsalardan iborat bo'lib, barchasi inson umrining egovi hisoblanadi. Mazkur ichimliklar tarkibida etil spirit bo'lganligidan iste'mol qilgan kishini ma'lum muddatga sarxush qiladi. Bu odatni tez-tez takrorlash esa kishining alkogol domiga tushib qolishiga sabab bo'ladu Afsuski, hozirgi davrda, hatto o'smir-yoshlar, ayollar o'rtasida ham ichkilikbozlikka, giyohvandlikka, kashan-dalikka ruju qo'yish hollari uchramoqda. Inson onadan ichuvchi yoki kashanda bo'lib tug'il-maydi, albatta. Buni keltirib chiqaradigan bir qator sabablar mavjud. Tug'ilgan kunlarni nishonlash, chaqaloq dunyoga kelishi munosabati bilan o'tkaziladigan turli tadbirlar, fuqarolar o'rtasida uyushtiriladigan gap-gashtak-lar, bitiruv kechalari, xatna to'ylari, nikoh to'ylari, quda chaqiriq va boshqa marosimlarda spirtli ichimliklarning tanovul etilishi bu illatning tomir otib ketishiga sabab bo'lmoqda. To'y tantanalari, xursandchilik marosimlarida shu sho-diyona «gunohkorlari» sha'niga maqtovlar aytilib, qadah ko'tariladi, yosh-u qariga, ayol-u erkakka shisha ichida «beozorgina» turgan og'uni ichish taklif etiladi. Bu holni tantanada ishtirok etayotgan yosh bolalar ko'rib-kuzatib turadilar. Kattalarning bunday qiliqlarini ko'rgan bolada asta-sekin undan tatib ko'rish ishtiyoqi uyg'onadi, Shun-day qilib, oz-ozdan xursandchilik, kayf-safoni boshidan kechirgan bola ichishga o'rgana boradi. Bolalar o'rtasida ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi tuzalishi qiyin bo'lgan vaboning tarqalishiga ota-onalarning o'z yumushlari bilan o'ta bandligi, bolalarni nazoratsiz qoldirishlari, oilaviy nizolar, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo'yish, bolaning keragidan ortiq ta'minlanganligi va boshqa omillar sabab bo'lmoqda. ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
972.04 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:28
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
972.04 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:28 ]
Arxiv ichida: ppt