Mavzu: Allergik rinit Vazomotor rinit. L.B. Daynyakning (1970) tasnifi bo'yicha kasallik 2 shaklga bo'linadi: - allergik; - neyrovegetativ. Vazomotor allergik rinitning rivojlanishiga allergenlar sabab bo'lsa, kasallikning neyrovegetativ shakli markaziy va vegetativ asab tizimi yoki endokrin tizimining patologik o'zgarishi, immunitetni susayishi natijasida rivojlanadi. Rinoreya Burun bitishi Postnazal tirnalish Qichishish Aksa urish Sog'lik samarasi bilan bog'langan IgE ga bog'liq Uzoq vaqt davomida umumiy va mahalliy ta'sirga ega dorilarni qo'llash hamda burun to'sig'ining qiyshayishi kasallikni rivojiga yordam beradi. Allergik rinit (pollinoz) mavsumiy va doimiy turlarga bo'linadi. Mavsumiy allergik rinit o'simliklar gullashi bilan bog'liq bo'lib, uni bazan pichan tumovi deb atashadi. Kasallik har yili u yoki bu o'simlik gullashi davrida takrorlanib turadi. Uzoq vaqt davom etgan va ko'p marotaba takrorlanadigan mavsumiy allergik rinit doimiy allergik rinitga o'tishi mumkin. Doimiy allergik rinit uy va qog'oz changi, soch, hayvonlar juni, qushlar pati, akvarium baliqlariga beriladigan ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dorilar, mikroflora (streptokokk va stafilokokk), zamburug''lar allergeni ta'siri natijasida rivojlanadi. Uy changi tarkibidagi Dermatophagoides kanasi hamda hayvonlar junining changi kuchli allergen hisoblanadi. Allergik rinitni rivojlanish mexanizmi Nafas olinganda burun bo'shlig'i shilliq pardasiga turli yot jism zarrachalari o'rnashib qoladi. Shilliq pardadagi mukotsilliar tizimining ta'siri tufayli ular me'yorda taxminan 15-20 daqiqada burun bo'shlig'idan chiqariladi. Ammo allergenlar molekulalari juda tez so'rilish xususiyatiga ega, shuning uchun bir daqiqadan so'ng bemorda o'ziga xos klinik belgilar yuzaga keladi. Allergenni (o'simliklar changi, uy changi, zamburug''lar sporasi va h.k.) immunologbulinga (IgE) mansub antitanachalar bilan o'zaro ta'siri natijasida allergik reaksiya yuz beradi. Ushbu reaksiya biriktiruvchi to'qima labrotsitlarida (semiz hujayralarda) va bazofillarda sodir bo'ladi, keyin biologik faol ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.33 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:29
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.33 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:29 ]
Arxiv ichida: ppt