Allergiya Reja: Begonalar qo'yilmasin Xavfli aloqalar Bolalardagi shamollash Allergiya sababchisini aniqlash Genetikani aldash mumkinmi Allergiyaga qarshi kurashning uchta usuli Hozir ayni bahor payti. Afsuski, aynan shu go'zal faslda ko'pgina kasalliklar o'zini namoyon eta boshlaydi. Ulardan biri - allergiya. Quyida ushbu kasallikning paydo bo'lish sabablari, namoyon bo'lish alomatlari, oldini olish usullari va boshqa ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin. BEGONALAR QO'YILMASIN Allergiya - bu immun tizimining begona moddalarga qarshi reaksiyasidir. Allergiya turlicha namoyon bo'ladi: qichish, teri toshmalari, yo'tal va nafas yetishmasligidan tortib, to qusish, ich ketishi, qorin og'riqlari va hatto eng qo'rqinchli anafilaktik shokgacha. Allergiya organizmdagi ko'plab tizimlar faoliyatini buzadi va bronxial astma, obstruktiv bronxit, ekzema, o'tkir angina, tonzillit, oshqozon-ichak trakti kasalliklari, buyrak, asab hamda yurak-qon tomir tizimlarining surunkali hastaliklari rivojlanishiga olib kelishi mumkin. XAVFLI ALOQALAR Ovqatni ko'tara olmaslik odatda iste'mol qilinmaydigan allergenlarga patologik reaksiya bilan birga kechadi. Masalan, olma, o'rikka nisbatan allergiyada odam qayin va shuvoq gullashiga ham ta'sirchan bo'lishi mumkin. Agar bodringga nisbatan allergiya bo'lsa, nafaqat qovun va sabziga, balki gullayotgan o't-o'lanlarga ham salbiy reaksiya kuzatiladi. Allergiyaning rivojlanishi genlarga bog'liq, bunda allergiyaga asosan erkaklar moyilroq bo'ladi. Ba'zida allergiya yoshi katta ayollarda homiladorlik natijasida paydo bo'ladi. Bu ayol organizmi o'z qornida shakllanayotgan homilani antigen sifatida qabul qilgan holatlarda yuz beradi. Allergiya kasalligining kelib chiqishiga quyidagilar sababchi bo'lishi mumkin : * yomon ekologiya , * stres slar , * dorilarni nazoratsiz qabul qilish Boshqa hududlarga qaraganda Rossiyaning Krasnodar, Stavropol o'lkalarida va O'rta Osiyoda odamlar pollinozdan (organizmning gulchangiga qarshi reaksiyasi) ko'proq aziyat chekishar ekan. Odatda allergiya alomatlari bolalikda namoyon bo'ladi . Organizmning immun qarshiligi ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.57 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.57 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:29 ]
Arxiv ichida: doc