Analizatorlar fiziologiyasi va gigiyenasi Reja: 1. Ko'rish va eshitish analizatorlarining yoshga bog'liq xususiyatlari. 2.O'quv xonalarining yoritilishiga qo'yiladigan gigiyenik talablar. 3.Vestibulyar (muvozanat) analizatori. 4.Hid bilish va tam bilish analizatorlari. 5.Teri analizatorining yoshga bog'liq xususiyatlari. Odam tanasi uni o'rab olgan tashqi muhit hamda o'zining ichki muhiti haqidagi axborotlarni maxsus sezgi a'zolari yoki analizatorlar orqali qabul qilish xususiyatlariga ega. Tashqi va ichki ta'sir etuvchi omillar o'z tabiatidan qatiy nazar nerv tizimida tegishli nerv impulslariga aylanib, malum tasavvurni hosil qiladi. I.P.Pavlov analizator degan atamani 1909 yilda taklif qilib, har bir analizator uchta asosiy, yani retseptor yoki sezuvchi, o'tkazuvchi hamda markaziy qismlardan iborat degan ilmiy asoslangan umumlashtiruvchi ta'limot yaratdi. Retseptor qism kabul qilingan qitiqlagichlarni tegishli nerv impulslariga aylantirib beradigan maxsus nerv hujayralari yoki nerv uchlaridan tashkil topgan bo'lib, ularning tuzilishi muhit ta'sirotlarini qabul qilishga moslashgan bo'lib, turli tasurotlarni qabul qilishi bilan bir -biridan farq qiladi (ko'z retseptorlari yorug'lik nurini, quloq retseptorlari tovush to'lqinini va boshqalar). O'tkazuvchi qism malum analizatordan markaziy nerv tizimi orqali miya yarim sharlari po'stlog'igacha boradigan nerv tolalaridan iborat. Markaziy qism yarim sharlari po'stlog'igacha boradigan nerv tolalaridan iborat. Markaziy qism yarim sharlar po'stlog'idagi belgilangan sezgi azosining sohasi bo'lib, u ichki va tashqi muhitdan kelgan impulslarni markaziy tahlil qiladi. Sezgi a'zolari bir-biri bilan yaqindan bog'lanib faoliyat ko'rsatadi va bu narsa yashayotgan muhit haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish va uni idrok qilish imkoniyatini beradi. Bola tug'ilganidan boshlab barcha analizatorlar orqali uning markaziy nerv tizimiga tegishli axborotlarning borib turishiuning har tomonlama barkamol bo'lishini ta'minlaydi. Sezgi a'zolarining etarli ishlamasligi yoki etarli faoliyat ko'rsatmasligi, odamning aqliy jihatdan yetuk ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.09 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.09 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:31 ]
Arxiv ichida: doc