Analizatorlar haqida tushuncha Reja: Analizatorlarning fiziologiyasi va gigiyenasi. Odam organizmi tashqi muhit bilan uzviy bog'langan, bu bog'lanish sezgi organlari orqali amalga oshadi, ya'ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga ta'sir etadi va ular bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi. Sezgi organlariga ko'rish, eshitish, teri, hid bilish, ta'm bilish analizatorlari kiradi. I.P. Pavlov sezgi organlari markazini analizatorlar deb atagan. Analizatorlar bosh miya po'stloq qismida joylashgan. Analizator tuzilishi: Har bir analizator 3 qismdan iborat Retseptorlar Introretseptorlar Ekstroretseptorlar Introretseptorlar: esa ichki organlarda joylashgan bo'lib, ular organizmning o'zida hosil bo'ladigan ta'sirni qabul qiladi Ekstroretseptorlarga: teri, ko'z, quloq, hid bilish, ta'm bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular turli xildagi tashqi ta'sirlarni qabul qiladi. Properioretseptorlar Muskullar, paylar va bo'g'imlarda joylashgan retseptorlardir. Ko'rish analizatorining tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari Ko'z gavhari Shishasimon tana Rangdor parda Qorachiq Oldingi kamera Ko'ruv nervi Ko'r maydon Xoroid To'r parda Ko'rish organi ko'z bo'lib, insoniyat ko'zi orqali dunyodagi barcha narsalarning rang-barangligini uning o'simlik va hayvonot dunyosini o'rganish bilan birga o'qishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini o'rganadi. Ko'zning bevosita ta'sirlovchisi yorug'lik bo'lib, yorug'lik ko'z retseptorlariga ta'sir etib ko'ruv sezgisini hosil qiladi. Ko'ruv organi bolaning 11-12 yoshigacha rivojlanib boradi. Ko'zning tuzilishi. Ko'z bosh suyagining ko'z kosachasida joylashgan bo'lib, ko'z soqqasi va uni o'rab turgan apparatdan ya'ni ko'z soqqasini harakatga keltiruvchi muskullar, qovoq kipriklar, ko'z yoshi bezlari, qon tomirlari kabilardan iborat. Ko'z soqqasi sharga o'xshash bo'lib, oldingi va orqa qutblarga bo'linadi. Ko'z soqqasi tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavatdan ya'ni tashqi - oqsil parda (sklera), o'rta-tomirli parda va ichki - to'r pardadan iborat. ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.34 MB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.34 MB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:31 ]
Arxiv ichida: pptx