Antioksidant va adoptogen ta'sirga ega preparatlar farmakologiyasi Reja: Antioksidantlar va ularning tibbiyotdagi roli haqida qisqacha tushuncha. Bilvosita va bevosita ta'sir etuvchi antioksidant preparatlar farmakologiyasi. Adoptogenlar, ularning ishlatilishi, ta'sir mexanizmlari. Stress va gipoksiya holatini yuzaga keltiruvchi holatlar va ularning oldini olish yo'llari. Antioksidant va adoptogen ta'sirga ega preparatlar farmakologiyasi. Antioksidantlar ozik ovqat moddalarining va dorivor preparatlarining kislorod bilan oksidlanishdan saklaydi. Antioksidantlar nekrozga qarshi ta'sirga ega bo'lib, membrana va hujayra yadrolarini mustahkamlaydi. Adabiy manbalardan malumki odam bir kunda 42 l. O. 42 kabul qiladi. Bu O 42ni bir kismi hujayralarni perikis oksidlanishga sarf bo'lsa, ko'pchilik kismi esa biologik fermentativ sistemaning mito xondriyadagi yog',glyukoza, aminokislotalari oksidlanishiga sarf bo'la di. Malumki peroksidlar OOguruhini tutadi. LPO jarayonida esa xal qiluvchi vazifani erkin radikallar o'taydi. Bular esa tanada mutazam ravishda davom etuvchi oksidlanish va qaytalanish reaksiyasi natijasida ro'y beruvchi parchalanishkatabolizm jarayoni tufayli hosil bo'ladi. LPOni ko'payib ketishi esa membranalar patologiyasining asosini tashkil etadi va hayoti jarayonlarni to'xtatishga olib keladi. uzoq vaqt ichida lipidlarni peroksidli oksidlanishi (LPO) yoki (POL) organizmni endogen moddalar bilan zaharlanishdan himoya kiloolmaydi, natijada distrofiya, to'kimalarni nobud bo'lishiga va infarqtga olib keladi. Shuning uchun xam LPO ni o'ta kuchayib ketishi hayoti protsesslarni to'xtatishiga olib keladi va biomembranalarni buzadi. Mana shu LPOni organizm uchun ko'rsatadigan nojo'ya ta'sirlaridan saklaydigan dori moddalariga antioksidantlar deyiladi. Antioksidantlar ta'sir mexanizmiga karab 2 gruppaga bo'linadi: 1. Turli xil moddalarni stabilizatsiyalovchi antioksidantlar; 2.o'ta kuchayib ketgan LPOdan saklovchi va davolovchi antioksidantlar. Bular: a). Bil vosita b). bevosita ta'sir etuvchi antioksidantlarga bo'linadi. Turli xil moddalarni stabilizatsiyalovchi antioksidantlarga efir yog'lari, oltingugurtni organik birikmalari, aminotiollar kiradi. ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.64 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.64 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:36 ]
Arxiv ichida: doc