Antiseptika, aseptika. Shikastlanish, jarohatlanish

Antiseptika, aseptika. Shikastlanish, jarohatlanish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Antiseptika, aseptika. Shikastlanish, jarohatlanish - rasmi

Material tavsifi

Antiseptika. Aseptika. Shikastlanish, jarohatlanish. REJA: 1.Antiseptika. 2.Aseptika. 3.Shikastlanish, jarohatlanish haqida tushuncha. 4.Shikastlanish (jarohatlanish) turlar: a) Yopiq shikastlanish. b) Ochiq shikastlanish. Antiseptika - jarohatga tushgan mikroblarga qarshi kurashishdir. Antiseptikaning mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullari bo'ladi: 1.Mexanik usul - jarohatning atrofi toza suv bilan yuviladi, uning nobud bo'lgan to'qimalari kesib olib tashlanadi; 2.Kimyoviy usul - jarohat yod, spirt, lyugol, vodorod peroksidi, margansovka, furatsilin, rivanol kabi dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar bilan yuviladi, ular jarohat atrofiga surtiladi; 3.Fizik usul - ultrabinafsha, kvarts va boshqa nurlar bilan jarohat maydoniga ta'sir qilinadi; 4.Biologik usul - antibiotiklar, antitelasi bor zardoblar jarohatga sepiladi. Aseptika - barcha tibbiy muolajalarda qo'llaniladigan tibbiy asboblar va buyumlar, ya'ni skalpel, qaychi, shprits, igna, xalat, maska, qo'lqop, choyshab, bint va boshqa asbob, buyum hamda jihozlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirshdir. Aseptika uch usulda amalga oshiriladi: 1.Mexanik usul - qoqish, changini artish, yuvish yordamida zararsizlantirsh; 2.Fizik usul - qaynatish, bug'lash, ultrabinafsha, kvarts nurlari ta'sirida zararsizlantirsh; 3.Kimyoviy usul - 70-90є lik etil spirti, sulema, lizol va boshqa dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar bilan yuvish, ular ichiga ma'lum vaqtga botirib qo'yish yordamida zararsizlantirsh. Shikastlanish (jarohatlanish). Tashqi zarba ta'sirida odam tanasi to'qimalarining butunligi va ish faoliyati buzilishidir. Sabablari. 1.Mexanik sabablar: avtotransport hodisalari, yiqilish, urilish, chopilish, tirnalish, o'q tegish, sanchilish, kesilish. 2.Fizik sabablar: kuyish, sovuq urish, elektr tokidan shikastlanish, nurlar ta'siri. 3.Kimyoviy sabablar: kislota, ishqorlar ta'siri. Shikastlanish turlari. Shikastlanish 2 turda bo'ladi: a) Yopiq shikastlanish. b) Ochiq shikastlanish. Yopiq shikastlanishlar-teri butunligi buzilmagan holda, uning ostidagi to'qima va a'zolarning zararlanishi tushuniladi. Yopiq shikastlanishlarni quyidagi turlari farqlanadi: 1.Lat yeyish. 2.Pay va muskullarning cho'zilishi. 3.Uzoq vaqt bosilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.53 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.53 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga