Aritmiyaga qarshi qo'llanadigan moddalar

Aritmiyaga qarshi qo'llanadigan moddalar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Aritmiyaga qarshi qo'llanadigan moddalar - rasmi

Material tavsifi

ARITMIYaGA QARShI QO'LLANADIGAN MODDALAR Aritmiya - yurakning notekis urishidir, ko'pincha miokardit, revmokardit, yurak poroklari, miokard infarqtida paydo bo'lib, bemor ahvolini og'irlashtiradi, yurak, toj tomirlar yetishmovchiligi yuzaga kelishini osonlashtiradi. Aritmiya kimyoviy moddalardan zaharlanganda, yuqumli kasalliklarda, yurak, o'pka, yirik qon tomirlarda xirurgik jarrohlik o'tkazilayotgan vaqtda hamda bazi narkotiklar (ftorotan, siklopropan) qo'llanganda ham sodir bo'lishi mumkin. Yangi tug'ilgan chaqaloklarda aritmiya gipoksiya, gipokaltsiemiya, giperkaliemiya, tireotoksikoz tufayli kelib chiqadi. Aritmiya avtomatizmning, yurak o'tkazuvchan sistemasining o'tkazuvchanligi izdan chiqishi tufayli kelib chiqadi. Fiziologik holatda yurakning urish tezligi, uning avtomatizmi sinusli tugunchada impulslar hosil bo'lishi bilan bog'liq. Sinusli tugunchada diastola vaqtida natriy va kaltsiyning sust kanallardan hujayralarga o'tishi tufayli o'z-o'zidan depolyarizatsiya (4-bosqich) boshlanadi. Malum bo'sag'aga etguncha natriy va kaltsiy ionlarining tez kanallar orqali o'tishi oshib ketadi, shu tufayli harakat potentsialining tez depolyarizatsiya davri (0-bosqich) boshlanadi, keyin ionlar hujayraga o'tolmay qolib, repolyarizatsiya jarayoni boshlanadi. Repolyarizatsiya uchta -tez (1-bosqich): sekin (2-bosqich); kechki (3-bosqich)lardan iborat. Tez bosqich - hujayralarga xlor ionlarining kirishi, sekin bosqich -kaliy ionlarining kirishi, kechki bosqich - natriy ionlarining chiqishi va kaliy ionlarining hujayralarga qaytishi bilan bog'liq. Agar diastolik depolyarizatsiyaning o'tishi tezlashsa, harakat potentsiali bo'sag'asi kamaysa, sinoatrial tugunchada impulslar oshadi, samarali refrakter davri qisqaradi. Simpatik nervlar qo'zg'alishi, katexolaminlar diastolik depolyarizatsiyasini, yurak urishini tezlashtiradi; vagusning qo'zg'alishi, atsetilxolin bu ko'rsatkichlarni kamaytiradi. Phase 0 - positive action potential Phase 1 - Fast repolarization (Cl-) Phase 2 - slow repolarization (K +, Ca ++) Phase 3 - the final repolarization Phase 4 - slow depolarization (Ca ++) Aritmiya yurak avtomatizmining izdan chiqishi tufayli kelib chiqadi, bunda sinusli taxikardiya, sinusli bradikardiya yuzaga keladi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 906.43 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:37 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 906.43 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga