Aritmiyalar Reja: Etiologriya va patogenezi yoritish Klassifikatsiya va klinika Tanaffus Bemorni ko'rsatish Laborator-instrumental diagnostika Davolash va profilaktika Xulosa . ARITMIYaLAR Aritmiyalar - bu yurak ritmining buzilishi bo'lib hisoblanadi. Bularga kuyidagilar sababchi bo'ladi. Aritmiyalar yurakning asosiy funksiyalari, avtomatizm, kuzgaluvchanlik, o'tkazuvchanlik va qisqaruvchanlikning buzilishi natijasida kelib chikiladi. Aritmiyalar kelib chiqish sabablariga ko'ra har xil bo'ladi. Ularning bir xillarini bemorlar uzlarida sezmasliklari mumkin, lekin ikkinchi xil aritmiyalar tufayli bemorlar hayotdan kuz yumushlari xam mumkin. Shuning uchun aritmiyalarni bilish biz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Sabablari. Yurak ritmining buzilishiga olib keluvchi sabablar kuyidagilar bo'lib hisoblanadi. Yurakning organik kasalliklari (YuIK, revmatizm, miokardit, kardiomiopatiya, yurak illatlari, gipertoniya kasalligi va boshqalar). Funksional kasalliklar (vegetativ asab tizimi labilligi). Fizik va ximik ta'sirotlar (tananing xaddan tashqari kizib ketishi, alkogol, digitalis bilan zararlanish, simpatomimetiklar va siydik xaydovchi vositalar ta'sirida). Yurak ritmining idiopatik buzilishi. me'yorida yurak qisqarishlari uchun impulslar sinus tugunidan chikariladi. Sinus tuguni 1-tartibdagi ritm xaydovchisi bo'lib hisoblanadi. Sinus tugunidan me'yorida 1 dakikada 60-90 impulslar chikariladi. Sinus tugunidan chikkan impulslar Baxman, Venkebax, Torrel tolalari orqali bulmachalarga va atrioventrikulyar (AV) tugunga uzatiladi. AV tugundan impulslar Giss tutuami orqali Purkine tolalariga va miokard mushaklariga uzatiladi. AV birikma 2 tartibdagi ritm xaydovchisi bo'lib 1 dakikada 40-60 ta impulslar ishlab chikaradi. Giss tutami pastki qismlari va Purkine tolalari esa 3 tartibdagi ritm xaydovchisi bo'lib hisoblanadi va 1 dakikada 20-40 tagacha impulslar ishlab chikaradi. Yurak kuzgalishlari me'yorida sinus tugunidan chikkan impulslar hisobiga yuzaga keladi. Chunki sinus tuguni me'yorida uzidan pastda joylashgan ritm xaydovchilarining avtomatizmini susaytirib turadi. Maboda sinus tugunida zararlanish paydo bo'lganda ritm xaydovchisi funksiyasini ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.46 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.46 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:37 ]
Arxiv ichida: doc