Arteriya qon - tomiri kasalliklari

Arteriya qon - tomiri kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Arteriya qon - tomiri kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Arteriya qon-tomiri kasalliklari Reja: 1.Gipotoniya. 2.Gipertoniya 3.Gipertonik kriz. 4.Miya insulti. 5.O'tkir qon-tomir yetishmovchiligi kasallik holatlari. 1. Gipotoniya - arterial qon bosimining normaga nisbatan pasayishi bilan surunkali kechadigan hastalik. Ammo, arterial qon bosimining normaga nisbatan ozroq pasayishi yaxshi chiniqqan sportchilarda, jismoniy mehnat bilan shug'ullanadigan, o'zini sog'lom his etadigan odamda ham bo'lishi mumkin. Bu kabi holat hastalik emas, balki odam organizmining fiziologik holati sifatida talqin etiladi. Sababi: og'ir o'tgan yuqumli kasalliklar (ichterlama, ichburug', zotiljam va hokazo) ning asorati, me'yorida ovqatlanmaslik, jismoniy charchash, uzoq vaqt ruhiy aziyat chekish kabilar. Belgilari: asosiy belgisi arterial qon bosimining normaga nisbatan pasayishi hisoblanadi. Qon bosimini pasayishi asosida bemorga tashxis qo'yiladi. Bunda arterial qon bosimini normal ko'rsatgichi odamning yoshiga qarab quyidagi ko'rsatgichlarda bo'lishini e'tiborga olish kerak. Arterial qon bosimining pastki normal ko'rsatgichi: 25 yoshgacha - 10060 mm simob ustuniga teng; 25-40 yoshda-10565 mm simob ustuniga teng; 40-80 yoshda - 11070 mm simob ustuniga teng. Arterial qon bosimi yuqoridagi ko'rsatgichlardan past bo'lsa, boshqa klinik belgilar bilan solishtirgan holda mazkur odamga gipotoniya deb tashxis qo'yiladi. Gipotoniyaning klinik belgilari quyidagilardan iborat: tik turganda bosh aylanishi, boshda og'irlik sezish, tez charchash, bo'gimlar va muskullarda uvishish, kuchsiz og'riq. Bemorni tekshirganda quyidagilarni aniqlash mumkin: lablari, quloq suprasi, barmoq uchlarida sezilar-sezilmas ko'karish, qo'l-oyoq barmoqlari sovuq, nam bo'ladi. Bu odam ozroq hayajonlansa, yuzi, bo'yni, ko'kragi, terisi qizaradi yoki oqaradi.Tomir urishi tezlashib va sekinlashib turadi, ya'ni tez o'zgaruvchan bo'ladi. Tibbiy yordam va maslahat berish: 1. Bemor ertalab uyqudan uyg'onganda o'rnidan darrov turmasdan, yotgan joyida 10 marta qo'llarini yuqoriga ko'tarib va tushirib chuqur nafas olish va nafas chiqarish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.96 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.96 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga