Asab kasalliklarini qo'shimcha paraklinik usullar bilan tekshirish Reja: Orqa miya suyuqligini tekshirish. Orqa miya suyuqligining tarkibi. Orqa miya suyuqligi tarkibining jadvali. Diagnoz qo'yish uchun qilinadigan tekshirishlar. Elektrofiziologik tekshirish usuli Sog'lom nerv va mushak elektr diagnostikasi Rentgenologik tekshirish usullari Qo'shimcha tekshirish usullari o'zining ko'rsatkichlari bilan asab tizimi kasalliklarini taxminan qo'yilgan etiologik va topik diagnozini aniqlashda yordam beradi, ulardan ayrimlari davolash maqsadida ham qo'llaniladi (elektrostimulyatsiya, pnevmoentsefalografiya va boshqalar). Paraklinik usullar bilan tekshirishlar o'z navbatida bir necha guruhga bo'linadi. 1. Laboratoriya usullari. Orqa miya suyuqligi (likvorni) tekshirish. Orqa miya suyuqligini bosh miya qorinchalarining ichida joylashgan tomirli chigal (plexsus choriodeus) ishlab chiqaradi. Ishlangan suyuqlik Monro teshigi orqali II qorinchaga o'tadi. II qorinchadan Silviy suv yo'li orqali IV qorincha, undan Lyushka va Mojandi teshiklari orqali bosh va orqa miyaning to'r parda osti (subaraxnoidal) bo'shlig'iga chiqadi. Bir kecha kunduzda 600 ml miqdorda likvor ishlanadi va bosh miyaning qattiq pardasidagi vena bo'shliqlari (sinuslar) orqali qaytadan qonga so'riladi. Katta odamlarda likvorning umumiy hajmi 120-150 ml, yangi tug'ilgan chaqaloqda esa 15-20 ml, bir yoshdagi bolalarda - 35 ml ga etadi. Orqa miya suyuqligini tekshirish. Likvor miyani chayqalishdan va jarohatlanishdan himoya qiladi; U ichki muhit hisoblanadi va asab hujayralarida oziq moddalarining so'rilish jarayonini tartibga soladi; Uning tarkibida antitelalar bo'lgani uchun mikroblardan himoya qilish xususiyatiga ega; Kalla bo'shlig'i va umurtqa kanalida qon aylanish mexanizmini tartibga solishda ishtirok etadi. Bemordan likvor olishning uchta usuli bor: Bel sohasida punksiya qilish; Suboktsipital tsisternani punksiya qilish; Miyani yon qorinchalarini punksiya qilish. Bel sohasini punksiya qilish usuli Punksiyani operatsiya yoki muolaja xonasida, bemorning yotgan yoki o'tirgan ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.05 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.05 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx