Asab tizimining umumiy fiziologiyasi Reja: Umurtqasiz hayvonlarning asab tizimi. Umurtqali hayvonlarning asab tizimi. Neyronlar turkumi. Umurtqasiz hayvonlarning asab tizimi. Asab tizimi, integratsiyaning ixtisoslashgan tizimi sifatida, tarkibiy va funktsional rivojlanish yo'lida bir necha davrdan o'tadi. Umurtqasizlar o'rtasida asab tizimining eng oddiy turi diffuziyali asab tizimi ko'rinishida bo'lib, u kovakichlilarda uchraydi. Ularning asab tarmog'i multipolyar va bipolyar neyronlar yig'indisi ko'rinishida bo'lib, ushbu neyronlarning o'simtalari bir-biriga yondosh yoki kesishgan, hamda akson va dendritlarga funktsional differentsiatsiyalanish imkoniyatidan mahrumdir. Diffuziyalangan asab tarmog'i markaziy va chetki periferik bo'limlarga bo'linmagan, ektoderm va entodermda lokallashgan bo'lishi mumkin. Epidermal asab o'ramlari ancha yuqori tashkillashgan umurtqasizlarda (yassi va halqasimon chuvalchanglarda) ham uchrashi mumkin, lekin bu yerda ular mustaqil bo'lim sifatida ajralib turadigan MAT ga bo'ysinadi. Yuksak umurtqasizlarda (halqali chuvalchanglar mollyuskalar, bo'g'imoyoqlilar) asab elementlari gangliolanishi yanada rivojlanadi. Ko'pchilik halqasimon chuvalchanglarda qorin o'zaklari shunday shaklda gangliyalanganki, tanasining har bir segmentida bir juft gangliya shakllanadi. Sodda annelidlarning bir dona segmentini gangliyalari o'zaro bog'langan bo'lib, bu holat zinapoyali asab tizimini hosil qiladi. Halqasimon chuvalchanglarning rivojlanishida ancha oldinga siljigan otryadlarida, qorin o'zaklarining o'ng va chap taraf gangliyalarini bir-biri bilan qo'shilib ketishiga olib keladigan tendentsiya va zinapoyali asab tizimidan zanjirsimon asab tizimiga o'tish kuzatiladi. Xuddi shunga o'xshash, asab elementlari, turli darajada kontsentratsiyalangan zanjirli asab tizimi bo'g'inoyoqlilarda ham mavjud. Umurtqasizlar asab tizimining evolyutsiyasi faqatgina asab elementlarining kontsentratsiyasi yo'lidan bormasdan, balki gangliyalar doirasida tarkibiy o'zaro munosabatlarini murakkablashish yo'nalishida ham boradi. Shu tufayli ham, zamonaviy adabiyotlarda, qorin asab zanjirini umurtqali hayvonlarning orqa miyasi bilan tenglashtirish tendentsiyasi mavjud. Gangliyalarda, orqa miyadagi kabi, o'tkazuvchi yo'llarning yuza joylashishi, neyropilni motor, sezuvchi va ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
357.94 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
357.94 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx