Asab tizimining xususiy fiziologiyasi

Asab tizimining xususiy fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Asab tizimining xususiy fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Asab tizimining xususiy fiziologiyasi Reja: Oraliq miya Talamus Gipotalamus Oraliq miya Oraliq miya, topografik va funktsional jihatdan epitalamus, talamus va gipotalamus kabi qismlarga bo'linadi (34- rasmga qarang). Epitalamus (yoki talamus usti qism) qadoqli tana tagida joylashgan gumbaz va ichki sekretsiya bezi bo'lmish epifizdan iborat bo'lib, ular uchunchi qorinchaning yuqorigi devorini shakllantiradi. Talamus (yoki qo'ruv do'mbog'i) kul rang modda yig'indisidan iborat tuxum shaklidagi hajmga ega tana. Talamus, pastki va lateral yuzasi bilan, miyaning qo'shni qismlari bilan chambarchas bog'liq. qo'ruv do'mbog'ining medial yuzasi uchunchi qorincha bo'shlig'ining yon devorini hosil qiladi. Talamus, katta po'stloq osti hosilasi bo'lib, u orqali katta yarim sharlar po'stlog'iga turli afferent yo'llar o'tadi. Gipotalamus (yoki do'mboq osti) - uchunchi qorinchaning tubida shakllangan tarkibiy tuzilmalar guruhi. Gipotalamusning tarkibida ko'p miqdorda yadrolar bor va u organizmning vistseral funksiyalarini boshqarish markazi hisoblanadi. Talamus Talamus asab hujayralari 40 ga yaqin yadrolarga guruhlanib topografik jihatdan oldingi, o'rta, orqa, medial va lateral guruhlarga bo'linadi. Funktsional jihatdan spetsifik, nospetsifik, assotsiativ va motor talamus yadrolarini ajratish mumkin. Spetsifik (yoki proyektsion) yadrolarda, sensorli axborotni, ko'tariluvchi afferent yo'llarning aksonlaridan, o'simtalari katta yarim sharlarning mos ravishdagi sensorli proyektsion qismlariga keladigan keyingi, oxiri neyronlarga o'tkazilib ulanadi. Spetsifik (o'ziga xos) yadrolarning shikastlanishi sezuvchanlikning alohida turlarini qaytmas yo'qolishiga olib keladi. Bunday eksperimentlar, spetsifik yadrolar, periferik retseptorlardan katta yarim sharlarga boradigan afferent impulslarning yo'lida o'zatuvchi stantsiya hisoblanadi. Spetsifik yadrolardagi neyronlar faqat bir turdagi retseptorlardan keladigan impulslargagina javob beradi. Lateral tizzasimon tana qo'ruv tizimining sensor yadrosi bo'lib xizmat qiladi. Bu yadro yorug'lik darajasini aniqlashda va rangini sezishda ishtrok qiladi. Lateral tizzasimon yadro to'rt tepalikning oldingi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.73 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.73 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga