Askaridoz Reja: Etiologiyasi. Epidemiologiyasi. Patogenezi va patanatomiyasi. Tashxisoti. Profilaktikasi va o'choqdagi chora tadbirlar Askaridoz - peroral geogelmintoz bo'lib, antroponozdir. Oxirgi xo'jayini va yagona ivaziya manbai - odam. Askaridoz - ko'p tarqalgan yer sharining hamma joylarida tarqalgan bo'lib, quruq iqlimli mamlakatlarda bazida uchraydi. Etiologiyasi. Askaridoz qo'zg'atuvchisi yumaloq gelmint - odam askaridasi (Ascaris lumbricaides). Voyaga etgan askaridaning o'zi xos tomoni shakllanib sferasimon bo'lishidir. Tirik yoki ichakdan toza ajralgan askarida qizg'ish - sariq, o'lgandan keyin esa oqimtir rangda bo'ladi. Erkagi urg'ochisiga qaraganda kaltaroq bo'lib, uzunligi 15-25 sm, qalinligi 2-4 mm, tanasining orqa qismi ilmoqsimon bukilgan. Urg'ochisining tanasi to'g'ri bo'lib, uning uzunligi 25-40 sm, qalinligi 3-6 mm, tuxumlarining o'lchami 0.050-0.106x0.40-0.050 mm ga teng. Epidemiologiyasi. Odam ichagida erkak va urg'ochi askaridalar parazitlik qilib, ular uchun yagona invaziya manbai hisoblanadi. Voyaga etgan urg'ochi sutkasida 24500 gacha tuxum qo'yadi va ular urug'langan hamda urug'lanmagan holda ajralishi mumkin. Urug'lanmagan tuxum invaziya chaqira olmaydi. Tashqi muhitga najas bilan birga gelmintning etilmagan tuxumlari chiqarilib, ular etarli harorat va namlik bo'lgandagina etilishi mumkin. Lichinka tuxum ichida 9-42 kun, 13-30oS haroratda rivojlanadi. (optimal harorat 24-30oS, voyaga etishi 16-12 kunni tashkil qiladi). Tuxum ichida shakllangan harakatchan lichinka, faqatgina po'st tashlagandan keyingina invaziya qobiliyatiga ega bo'ladi. 12oC dan past haroratda rivojlana olmaydi, lekin tuxumlar yashovchan bo'lib, lichinka rivojlanish xususiyati saqlanib qoladi. Shuning uchun etilish jarayoni ayrim tumanlarda bir mavsumda davom etadi. Lichinkalar rivojlanguncha 37-380S da o'lib ketadi. Voyaga etgan tuxumni istemol qilish natijasida yuqadi. Sabzavotlar epidemiologik jihatdan ahamiyati yuqori, chunki ularning yuzasida tuproq bo'laklari bor. Hozirgi vaqtda askaridozning tarqalishida eng katta xavfli maydonlar bog' ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.32 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.32 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: doc