Asosiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

Asosiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Asosiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Asosiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi Reja: Qonning fiziologik-kimyoviy xususiyatlari va qon aylanish tizimi. Hazmlanish a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi. Nafas olish a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi. Ko'payish a'zolari haqida tushuncha. Tayanch iboralar; Qon, qonning shaklli elementlari, qon aylanish doirasi, hazm a'zolari, nafas olish a'zolari, kupayish a'zolari, jinsiy moyillik, kuyga kelish, ovulyatsiya va h.k. Biologiya bir qancha sohalar morfologiya, fiziologiya va boshqa sohalarga bo'lingan. Morfologiya organizmning umumiy shakli va tuzilishi, fiziologiya esa tanadagi a'zolar funksiyasi haqida ma'lumot beradi. Bularning har ikkalasi bir-biri bilan chambarchars bog'liq bo'lib, organizmning tuzilishi va shakli malum bir funksiyani bajarishga muvofiqlashgan. Organizmda qon eng muhim to'qimalardan biri bo'lib hisoblanadi. Qon organizmning ichki muhitini tashkil qilib, barcha azo va to'qimalarning faoliyatini bir me'yorda bo'lishini ta'minlaydi. Qonning organizmdagi ahamiyati u bajaradigan vazifalaridan kelib chiqadi. Issiqlik almashinuvi va uning boshqarilishida ishtirok etadi. Malumki, organizmning turli azo va to'qimalarida moddalar almashinuvining darajasi bir xil emas. Modomiki, shunday ekan, turli a'zolarda issiqlik hosil bo'lishi ham bir xil bo'lmaydi. Qon organizm bo'ylab doimo harakatda bo'lib, tegishli a'zolardagi ortiqcha issiqlikni olib, boshqalariga beradi, ortiqchasini esa issiqlik uzatadigan a'zolarga - teri, o'pka va boshqalarga etkazadi. Shunday qilib, qon organizm harorati doimiyligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Qon hujayra va to'qimalar uchun fizik-kimyoviy muhitdir. Buning manosi shundaki, qonning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari doimiy bo'lib, juda kam chegarada o'zgaradi. Barcha hujayra va to'qimalar faqat qonda va limfada mavjud bo'lgan muhitdagina yashay oladilar. Qon muhitining me'yordan tashqari o'zgarishi hujayra va to'qimalardagi jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Demak, gomeostazni, yani to'qima va hujayralardagi suv va elektrolitlar miqdorini o'zgarmas holda saqlab turishda qon kata rol o'ynaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.89 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.89 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga