Asosiy jarayonlar va apparatlar fani va uning vazifalari Reja 1. Jarayonlar va apparatlar fanining mazmuni 2. Asosiy jarayonlarning turlari. O'xshashlik nazariyasining asoslari. Talabalarni fanning asosiy maqsad va vazifalari bilan tanishtirish. Ularga jarayonlar va apparatlarni guruhlarga bo'lish asoslarini va ushbu guruhlarning asosiy mohiyatini ochib beriladi. Jarayonlar va apparatlar fanining mazmuni Kimyo, oziq-ovqat va kimyo-farmatsevtika sanoatlari korxonalarida turli texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlar davomida xom ashyo va materiallarning ichki strukturasi, tarkibi, agregat holatlari o'zgaradi. Ximiyaviy texnologik jarayonlar ximiyaviy reaksiyalardan tashqari turli fizik-ximiyaviy jarayonlardan iborat. Bunday jarayonlarga quyidagilar kiradi: suyuqlik va qattiq materiallarni uzatish, qattiq moddalarni maydalash va saralash, gazlarni siqish va uzatish, moddalarni isitish va sovitish, suyuqliklarni aralashtirish, har xil jinsli aralashmalarni ajratish, eritmalarni bug'latish, xo'l materiallarni quritish va boshqalar. Demak, turli ximiyaviy material va mahsulotlar (kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o'g'itlar, lok-bo'yoq, polimer va sintetik materiallar va hokazo) ishlab chiqarish texnologiyasi umumiy qonuniyatlari bilan ifodalangan bir tipdagi fizik va fizik-kimyoviy jarayonlardan iborat bo'ladi. Bu texnologik jarayonlar turli ishlab chiqarishlarda ishlash prinsiplari bir xil bo'lgan mashina va apparatlarda olib boriladi. Kimyo texnologiyasining turli tarmoqlari uchun umumiy bo'lgan jarayon va apparatlar asosiy jarayonlar va apparatlar deb yuritiladi. Masalan, suyuqlik aralashmalarni ajratishda keng ishlatiladigan haydash jarayonini ko'ramiz. Haydash jarayoni kislorod ishlab chiqarishda suyuq havoni ajratish, nitrat kislota ishlab chiqarishda suv va azot kislotani ajratish, sintetik kauchuk ishlab chiqarishda murakkab organik mahsulotlarni ajratish va boshqa bir qator ishlab chiqarishlarda keng ishlatiladi. Asosiy apparatlar qatoriga, masalan, likopchali va nasadkali kollonalar kiradi. Bunday kollonalar yoki apparatlar haydash (suyuq aralashmalarni issiqlik ta'sirida ajratish), absorbtsiyalash (gaz va bug' aralashmalaridan ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.18 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.18 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: doc