Ayirish va tanosil a'zolari kasalliklari

Ayirish va tanosil a'zolari kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ayirish va tanosil a'zolari kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Ayirish va tanosil a'zolari kasalliklari Reja: 1.Nefrit. 2.Piyelonefrit. 3.Sistit. 4.Uretrit. 5.Siydik tosh kasalligi (buyrak sanchig'i). 6.Uremiya. 7.Prostatit. 8.Endometrit. Nefrit. Buyrak to'qimasining yallig'lanish kasalligi. Sababi: Shamollash, angina, tonzillit, otit, o'pka zotiljami, plevrit, sil kabi kasalliklarning asorati. Belgilari: Nefrit o'tkir va surunkali kechishi mumkin. Nefritning uchta asosiy belgilari bo'ladi: 1.Qovoqlarda shish. 2.Arterial qon bosimi ko'tarilishi. 3.Siydikda qon bo'lishi (siydikning qizarishi). Bular bilan birga quyidagi belgilar kuzatiladi: bosh og'rishi, bel sohasida og'riq, ko'ngil aynishi. Og'ir kechishida tananing yuz, bel, qorin sohalarida va oyoqlarda shish paydo bo'lishi, yurak faoliyati susayishi, kunlik siydik miqdorining kamayishi. Tibbiy yordam: 1.Bemor nefrolog shifokor nazoratida uyida yoki shifoxonada davolanadi. 2.Issiq to'shakka yotqiziladi. 3. Bel sohasiga issiq grelka, isituvchi kompress qo'yiladi. 4.Arterial qon bosimi baland bo'lsa: raunatin, atenalol yoki adelfan (bittasi) 1 tabletka, kuniga 2 mahal. Agar minimal arterial bosim maksimal bosimga nisbatan ko'proq oshgan bo'lsa, konkor - ½ tabletka ertalab beriladi. 5.Askorutin - 1 tabletka 2 mahal 10 kun. 6.Bemor 1-2 hafta go'shtsiz, tuzsiz taomlar iste'mol qilishi kerak. 7.Glyukoza 40 %-20 ml va askorbin kislota 2 ml vena tomiriga. 8.Mikroblarga qarshi: ampitsillin, oksatsillin, ampioks, sefazolin (bittasi) muskul orasiga kuniga 2-3 mahal 8-10 kun. 9.Siydik haydovchi dorilar: laziks 2 ml muskul orasiga ertalab, furosemid, diakarb 1 tabletka ertalab ichishga (bittasi). Piyelonefrit. Buyrak to'qimasi va buyrak jomining birgalikda yallig'lanish kasalligi. Sababi: nefritdagi sabablar hamda buyrak tosh kasalligining asorati. Belgilari: Kasallik o'tkir va surunkali kechadi. Bel sohasida og'riq, tana haroratining ko'tarilishi, bosh og'rishi, tez-tez siydik ajralishi, siydikning loyqalanishi, ayrim bemorlarda arterial qon bosimining oshishi, pastki qovoqda shish bo'lishi. Tibbiy yordam: 1.Bemor nefrolog ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.8 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.8 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga