Ayirish va teri Reja: Ayirishning ahamiyati. Siydik ayirish organlari. Buyrakning tuzilishi. Siydik hosil bo'lishining mexanizmi. Buyraklar funksiyasining boshqarilishi. Siydik ayirish a'zolarining kasalliklari. Teri va uning hosilalari. Terining tuzilishi. Sochlar, tirnoqlar, ter, yog' va sut bezlari. Terining funksiyalari. Tana haroratini boshqarilishi mexanizmi. Terini parvarishlash. Kiyim va poyabzalga gigiyenik talablar. Terining shikastlanishi. Organizmni chiniqtirish. Ayirishning ahamiyati. Siydik ayirish organlari. Buyrakning tuzilishi. Hujayrada ozuqa tarkibining uzluksiz parchalanishi va qayta sintezlanishi bilan boradigan normal jarayonlar natijasida chiqindi mahsulot sifatida mochevina, siydik kislotasi, kreatinin, ammiak, CO2 va suv hosil bo'ladi. Tarkibida azot bo'lgan moddalar foydasizgina emas, balki zararli hamdir. Shuning uchun bu moddalar organizmdan chiqarib turilishi kerak. Bu funksiyani birinchi navbatda buyraklar bajaradi. Organizmda ayirish vazifasini buyraklardan tashqari ter, yog' bezlari, o'pkalar, jigar (o't pigmetlarini chiqaradi) va ovqat hazm qilish sistemasi ham bajaradi. Terining tarkibida ham mochevina va boshqa metabolizm mahsulotlari bo'ladi, lekin ularning miqdori siydikka qaraganda 8 marta kamdir. 5. Chaqaloqlarda oqsilning metabolizmida ishtirok etish. 6. Organizmning umumiy gomeostazini boshqarishda ishtirok etish. Buyraklarning tuzilishi. Buyraklar juft a'zo bo'lib, qorin bo'shlig'ining orqa devorida, umurtqa pog'onasining ikki yonida I-II bel umurtqalarining chegarasida joylashgan. Buyraklarning shakli loviyasimon bo'lib, uning botiq tomonini buyrak darvozasi deyiladi (84-rasm). Darvozaga buyrak arteriyasi kiradi va vena, limfa tomirlari va siydik yo'llari chiqadi. Buyrak uzunasiga kesib ko'rilganda, unda po'stloq va mag'iz qismlarini farq qilish mumkin. Po'stloq va mag'iz chegarasi tekis bo'lmay, po'stloq modda, mag'iz moddaga ustunchalar shaklida, mag'iz modda esa po'stloq moddaga nurlar shaklida kirib turadi. Mag'iz modda 8-18 ta piramidasimon tuzilmalardan iborat. Piramidalarning asosi po'st moddaga tegib turadi, uchi esa buyrak jomi ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
681.47 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
681.47 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: docx