Ayiruv a'zolari tizimi

Ayiruv a'zolari tizimi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ayiruv a'zolari tizimi - rasmi

Material tavsifi

Ayiruv a'zolari tizimi Reja: Ayiruv a'zolari Odamning buyraklari, ter bezlari, Siydik hosil bo'lishi. Koptokchalardagi filtrlanish. Ayiruv a'zolari Ayiruv a'zolari ko'phujayrali hayvonlarning aksariyatida shakllangan bo'lib, ular ortiqcha suyuqlikni, ayrim ionlarni va moddalar almashinuvining qoldiq mahsulotlarini organizmdan chiqarishda xizmat qiladi. Odamning buyraklari. Odamning buyraklari, ter bezlari, o'pkasi va ichagi - chiqaruv a'zolari hisoblanadi. o'pka karbonat kislotasi, suv va ba'zi uchuvchan moddalarni (masalan narkoz paytida efir, xloroform va boshqa moddalarning bug'larini, alkogolli ichimliklar ichilganda alkogol bug'larini) organizmdan chiqarib yuboradi. Ba'zi bir og'ir metallarning tuzlarini va o't pigmentlarining o'zgarish mahsulotlarini organizmdan ichak chiqarib yuboradi. Ayiruv a'zolar modda almashinuvining yakuniy mahsulotlarini organizmdan chiqarish bilan bir qatorda, organizm ichki muhitining tarkibini va xossalarini doimiy darajada saqlash uchun ham ahamiyatga ega. Masalan, osmoregulyatsiyada, ya'ni ichki bosimning osmotik bosimi turg'unligini saqlashda (izoosmiya) va ionlar tarkibining turg'unligini saqlashda (izoioniya) qatnashadi. Shu bilan birga, buyraklar, o'pka, ter bezlari organizmda vodorod ionlari kontsentratsiyasini doimiy darajada ushlab turishda ham muhim ahamiyatga egadir. o'pka alveolalari va teri yuzasidan suvning bug'lanishi tana haroratini pasaytiradi, demak, ter bezlari va o'pka termoregulyatsiyada ham qatnashadi. Ayiruv a'zolar o'rtasida yog' va sut bezlari alohida o'rin tutadi. Ular ajratadigan moddalar - teri yog'i va sut - moddalar almashinuvining yakuniy mahsulotlari bo'lmasdan, ma'lum fiziologik ahamiyatga ega, ya'ni sut - chaqaloq uchun ovqat bo'lsa, teri yog'i esa - terini moylab turadi. Qushlar va baliqlarda ayiruv jarayonlarida burun va rektal tuz bezlari, jabralari ham qatnashishi mumkin. Chuchuk suvda yashovchi oddiy jonzotlarda osmoboshqaruv va suvni ekskretsiya qilish, hamda dengizda yashovchi ayrim oddiy jonzotlarda suyuqlikni ayirish qisqaruvchan vakuolalar tomonidan ta'minlanadi. Chuchuk suvdagi amyobalarning qisqaruvchan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.71 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.71 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga