Ayiruv fiziologiyasi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari

Ayiruv fiziologiyasi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ayiruv fiziologiyasi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Ayiruv fiziologiyasi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: 1. Ayiruv jarayonlarining ahamiyati. 2. Siydik hosil bo'lish jarayoni. 3. Buyraklar funksiyasining boshqarilishi. 4. Siydik ajralishining yoshga bog'liq xususiyatlari 5. Bolalar enurezi va uni oldini olish (gigiyenasi). Organizmda moddalar almashinuvining to'xtovsiz borishi natijasida keraksiz bazi moddalar hosil bo'ladi. Ular ayiruv a'zolari: buyraklar, ter bezlari, o'pka va ichak yordamida organizmdan tashqarida chiqariladi.Ayrish jarayonlari ichki muhit suyuqliklarining kimyoviy tarkibi va hajmining doimiyligini saqlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, a'zolar va tizimlar samarali ishlashi uchun zarur sharoit yaratadi. Ayruv a'zolari orqali oqsil va aminokislotalarning parchalanishi tufayli vujudga keladigan mochevina, siydik kislotasi, kreatin, karbonsuvlar va yog'larning chala oksidlanishi tufayli hosil bo'ladigan atsetonli birikmalar, sut kislotasi, pirouzum kislotasi va boshqalar kiradi. Bulardan tashqari, organizmdan ortiqcha mineral moddalar siydik bilan ajralib chiqadi. Ayruv jarayonlarda buyraklar asosiy rolni o'ynaydi. Buyraklarda ishlab chiqarilgan faol moddalar qonning osmotik bosimini idora qilish, eritrotsitlar sintezi, kaltsiy va fosfat almashinuvini idora qilishga muhimdir. Ayiruv tizimi siydik hosil qiladigan bo'lim - buyraklar va siydik chiqaruvchi bo'lim - siydik yo'llari, qovuq va siydik chiqarish kanalidan iborat. Buyraklar qorin pardasi orqasidagi bo'shliqda umurtqa pog'onasi bel bo'limining ikki tomonida joylashgan. Buyraklar loviyasimon, to'q - qizil rangli, juft azodir. Har bir buyrakning massasi 120 g bo'ladi. Chap buyrak o'ng buyrakdan 2-3 sm yuqoriroq joylashadi. Oldingi tomondan buyraklar qorin pardasi bilan qoplangan, orqadan qorin devori mushaklariga taqalib turadi. Buyraklar zich fibroz kapsulaga ulangan, ustida yog'dan iborat kapsula ham bo'ladi. U boylamlar bilan birga buyrakni chayqalish va siljishdan saqlab turadi. Buyraklarning ichki botiq tomonida chuqurcha mavjud bo'lib u buyrak darvozasi deb nomlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.11 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.11 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga