Ayol jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

Ayol jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ayol jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Ayol jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi Reja: Tashqi jinsiy a'zolar (genitalia externa) Ichki jinsiy a'zolar (genitalia enterna) Sut bezlari Ayol jinsiy a'zolarini tashqi va ichki jinsiy a'zolarga ajratiladi. Tashqi jinsiy a'zolar asosan jinsiy his a'zolari hisoblanadi; ichki jinsiy a'zolar homilani yetiltirish va bola tug'ish funksiyasini o'taydi. TASHQI JINSIY A'ZOLAR (GENITALIA EXTERNA) Tashqi jinsiy a'zolarga qov, katta va kichik (uyatli) jinsiy lablar, klitor, qin dahlizi, uning katta bezlari - Bartolin bezlari kiradi (1rasm), tashqi va ichki jinsiy a'zolar o'rtasidagi chegara qizlik pardasi (hymen) hisoblanadi. Katta jinsiy lablar (labia pudendae majora) - uzunasiga ketgan, jinsiy yoriqni ikkala tomondan chegaralab turadigan ikkita teri burmasidan iborat. Teri ostida qalin yog' qatlami bor, undan qon tomirlar, nervlar va fibroz tolalar o'tadi. Katta jinsiy lablar orasi jinsiy yoriq (rima pudendi) deb ataladi. Katta jinsiy lablar bag'rida qin dahlizining katta bezlari - Bartolin bezlari (glandulae Bartholini) joylashgan. Ular yumaloq, loviyadek keladigan alveolyar-naysimon bezlardir. Bezlarning alveolalari epiteliy bilan qoplangan, bu epiteliy sekret ishlab chiqaradi. Sekret bez yo'li orqali tashqariga chiqadi, bu yo'lning uzunligi 1,5-2 sm. Bezlar katta jinsiy lablarning orqa bo'limlari bag'rida yotadi, ularning chiqarish yo'llari kichik jinsiy lablar bilan qizlik pardasi (yoki uning qoldiqlari) dan hosil bo'lgan egatga ochiladi. Kichik jinsiy lablar (labia pudendae minora) - uzunasiga ketgan teri burmalarining ikkinchi jufti bo'lib, katta jinsiy lablardan ichkarida, ularning asosi bo'ylab yotadi. Klitor (clitoris) - kichkina konussimon tuzilma (erkaklar jinsiy a'zosi (penis) ga analog a'zo) bo'lib, qo'shilib ketgan ikkita (g'orsimon) tanadan iborat. G'orsimon tanalarda tutash bo'shliqlar bor, tomirlardan keladigan qon shu bo'shliqlarda aylanib yuradi. Klitor jinsiy yoriqning oldingi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.69 MB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.69 MB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga